So’nggi yangiliklar

23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:54"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  67 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  2 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  1 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7

Samvel Babayan: "Odil Ahmedovning yo'qligi juda katta tasir qildi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Odil Ahmedovning yo'qligi juda katta tasir qildi"

Teglar :  Samvel Babayan
O'zbekiston va Eron uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.
Muhim o'yinda afsuski omadsiz o'ynadik. Yigitlarga so'nggi daqiqalarga qadar kurashishgani uchun rahmat aytaman. Odil Ahmedovning yo'qligi bugungi o'yinimizga katta tasir qildi, hujumda vaziyatlar kam yaratdik. Eron himoyada yaxshi o'ynadi. Bugun yutqazdik, ammo hali o'yinlar ko'p. Keyingi uchrashuvlarda g'alaba qozonishga urinamiz, - deydi Babayan.

- Bugun Suriya safarda Xitoyni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Bundan xayron bo'ldingizmi? Odil Ahmedov Xitoy bilan o'yinda maydonga tushadimi?

- Bu bosqichdagi hech qanday natija meni xayron qoldirmayapti. Buni oldin ham aytganman. Odil Ahmedov katta ehtimol bilan Xitoyga qarshi o'ynaydi.

- Ahmedov tushmadi, Jeparov jarohat oldi. Maydon markazidagi o'yinimiz sizni tashvishga solmadimi?
- Bugun dastlabki 30 daqiqani yutqazdik. Ahmedov va Jeparov tajribali futbolchilar ularnin yo'qligi albatta bilindi.

- Geynrix va Ismoilov Xitoy bilan o'ynashmaydi. Jeparov ham jarohat oldi. Yo'qotishlar ko'p emasmi? Birgina Odil Ahmedov tushmagani katta yo'qotish bo'ldi deb aytingiz.
- Terma jamoada o'yin taqdirini hal qilishi mumkin bo'lgan futbolchilar bor, ammo juda kam. SHu bois har bir yo'qotish biz uchun oltinga teng. Bugun biz Odil Ahmedovga bog'lanib qolgan jamoani ko'rdik.

- Sardor Rashidov 3ta o'yindan buyon o'z o'yinini ko'rsata olmayapti. U keyingi bahsda zaxirada qolishi mumkinmi? Islom To'xtaxo'jaev yaxshi himoyachi, lekin o'ng qanotga hamon moslasha olmayapti deb o'ylamaysizmi?
- Agar sen 3ta o'yindan buyon o'z darajangga chiqa olmasang, senga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmagan. Xato va kamchiliklar bunday o'yinlarda uchrab turadi. Xatolar ustida albatta ishlaymiz.

So'zim oxirida barcha muxlislardan uzr so'ramoqchiman. Ha, bugun ko'p ishni bajara olmadik. Lekin hali o'yinlar juda ko'p. SHu bois navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.


Narzulla Saydullaev
Reyting: -167   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика