So’nggi yangiliklar

03:38Европада ЖЧ йўлланмаси учун ўтиш ўйинларида қатнашувчи термалар номи маълум  1 03:03Испания, Бельгия, Швейцария, Шотландия ва Австрия Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  0 01:56Меҳди Тареми: "Жамоадошларимдан 10 нафари пенальти тепишдан бош тортди. Ўзбекистонга қарши пенальтини тепа олмаган футболчидан Жаҳон чемпионатида фойда бормикан?"  5 01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  17 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  16 00:43Элдор Шомуродов: "Каннаваро ўйин услуби, тактик томонлама янгиликлар киритяпти"  2 00:32Акмал Мозговой: "Бир киши кам бўлсакда охиригача турдик, пенальтилар сериясида омадимиз келди"  4 00:24Фабио Каннаваро: “Январь ойида маҳаллий футболчилар учун йиғин ўтказамиз, у ерда ёшларга имконият берамиз”  10 00:13Қозоғистон ўртоқлик ўйинида Фарер оролларига ютқазди  7 23:46U-17 Жаҳон чемпионати. Австрия Англияни йирик ҳисобда ютди. Япония Шимолий Кореяни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Марокаш ва Швейцария ҳам кейинги босқичда  1 23:25Ал Айн Халқаро Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 0:0 (пенальтилар 4:3)  28 23:21ЖЧ саралаши. Ироқ 90+17 дақиқада ғалаба голини уриб, БААни мағлубиятга учратди ва қитъалараро плей-офф босқичига йўлланма олди!  20 23:13Норвегия Жаҳон чемпионатига чиққанини Осло марказида нишонлади  2 23:08Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди  380 22:46Рафинья "Барселона" машғулотларига қайтди  0

Samvel Babayan: "Navbahor"dan hech qanday moliyaviy davolarsiz ketyapman" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Navbahor"dan hech qanday moliyaviy davolarsiz ketyapman"

"Navbahor" bilan shartnomasini bekor qilgan Samvel Babayan istefodan so'ng "lochinlar" saytiga intervyu berdi.

- Mashg'ulot davomida jarohat olganim va  tiklanish hamda reabilitaciya uchun ko'p vaqt zarurligi tufayli, klub rahbariyatidan o'zaro kelishuvga ko'ra, shartnomamni bekor qilishni so'raganimni malum qilaman. Ayni paytda men bosh murabbiylik vazifamni to'liq bajara olmayman. Natijalarga kelsak, aytishim mumkinki, chempionlik uchun butun kurash hali oldinda. Tajribamda bunday vaziyat oldin ham ro'y bergan: “Paxtakor”  “Bunyodkor”dan 12 ochkoga ortda borishiga qaramasdan, 2012 yil oxirida chempion bo'lgan edi.


Oxirgi ikki o'yinga jamoani to'liq tayyorlay olmadim, bu o'yin sifatiga tasir qildi. “Navbahor” bilan yana 1,5 yillik shartnomam bor va tovon pulidan bosh tortdim hamda hech qanday moliyaviy davolarsiz ketyapman. Uzoq muddatli shartnoma tuzib, klubdan pul siqib chiqarib, uni qiyin moliyaviy ahvolga solib qo'yish adolatdan emas. Ishonamanki, “Navbahor” ko'zlangan natijalarga erishadi – buning uchun yuqori saviyali futbol ko'rsatadigan malakali futbolchilar bor, klub tomonidan yaratilgan sharoitlar, rahbariyatning ambiciyalari va albatta, muxlislarning katta qo'llab-quvvatlashi bor. Ular jamoamizni va meni bosh murabbiy sifatida doim qo'llab-quvvatlab kelishgan.


Albatta, jamoaning yuqori saviyali va hujumkor o'yini, muhim chempionat va kubok o'yinlaridagi g'alabalari hamda OCHLdagi uchrashuvlarning ajoyib damlarini eslamoqchiman. Uch yil davomida biz klub rahbariyati bilan birgalikda “Navbahor” klubi brendini tikladik. “Navbahor” O'zbekiston chempionati peshqadamlaridan biri bo'lgan shonli davrlarga qaytdik. Men kelgan paytimda “Navbahor” quyi ligaga tushib ketish zonasida edi va shu davr ichida men hamkasblarim bilan ko'p ishlarni sifatli bajardik. Endilikda “Navbahor” O'zbekistonning eng ko'p tilga olingan klubi va chempionatimiz asosiy kuchlaridan biri hisoblanadi. Barcha futbolchilar, murabbiylar, klub va stadion xodimlariga ushbu ajoyib uch yil uchun rahmat, ishlaringizga omad, sog'lik-salomatlik tilayman.


Viloyat hokimi Abdurazakov SHavkat SHokirjonovichga 3 yil davomida ko'rsatgan yordami uchun alohida minnatdorchilik bildiraman. Mehr va etibor tufayli Namangan viloyatida futbol jadal rivojlanmoqda. “Navbahor”ning natijaga erishishi uchun men bilan yonma-yon harakat qilgan klub rahbarlari, Otabek va Oybek Samatovlarga katta rahmat. “Navbahor”ga yaratilgan sharoitlar klubning nafaqat O'zbekistonda, balki butun Osiyoda mashhur klubga aylanishiga imkon berdi.


CHempionlar ligasi o'yinlari chog'ida “Navbahor” stadionida bo'lib o'tgan futbol bayrami Osiyoning eng yaxshi jamoalari – “Al-Hilol”, “Al-Ittihod” va jahon futboli yulduzlari kelishgani hamisha barchamizning yodimizda qoladi. Ishonchim komilki, bu yil ham jamoa ko'zlangan natijalarni qo'lga kiritadi. Foydalanilmagan penaltilar, zo'r poziciyalardan urilmagan gollar ertami-kechmi gollarga aylantiriladi va jamoa chempionat peshqadamiga aylanadi.


O'z navbatida yana bir bor aytmoqchimanki, “Navbahor” har bir o'yinda maksimal natijaga erishishi, muxlislarimiz jamoadan xursand bo'lib, faxrlanishlari uchun o'zimga bog'liq bo'lgan hamma narsani qildim.Boshidanoq Namanganga kelganimda, bu klub va uning muxlislari men uchun alohida ahamiyatga ega edi. Murabbiylik faoliyatim aynan Namanganda 1996 yilda, O'zbekiston chempioni bo'lganimizda boshlangan.Hozir ham, men ketganimda ham, klub mening qalbimda abadiy o'zgacha o'rin egallaydi va jamoaga to'xtab qolmay, yanada rivojlanishini, yangi g'alabalarni qo'lga kiritishini tilayman, - dedi Samvel Babayan.

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика