So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

Samvel Babayan: "Navbahor" musobaqa tanlamaydi va faqatgina g'alaba uchun o'ynaydi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Navbahor" musobaqa tanlamaydi va faqatgina g'alaba uchun o'ynaydi"

OCHL 2-turi doirasida "Mumbay Siti" mag'lub etilganidan keyin "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan hamda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Jamshid Iskanderov ishtirok etdi.


- Barchaga salom. Ilk navbatda shuni aytishim kerak, bugun barchaga bayram ulasha oldik. OCHL tarixida ilk marta g'alaba qayd etdik. Albatta, Namangan viloyati Hokimi sababli biz katta darajaga chiqdik. O'yinga to'xtaladigan bo'lsam, barcha muxlislar o'yindan oldin raqibni barcha chiziqlarda bir xil saviyali futbolchilarga ega jamoa deyishgandi. 3:0 hisobida yutgan bo'lsak-da, buning uchun katta mehnat, katta kuch sarfladik va taktik tomonlama to'g'ri o'ynadik. Hujumlarni yakunlash chog'ida yigitlar agressivlik, sodiqlik va kreativlik namoyish qilishdi. Barchani g'alaba bilan tabriklayman, "Navbahor" oldinga intilishda davom etadi va OCHLda qiziqarli tarix yaratamiz.

Jamshid Iskanderov: - Oson o'yin bo'lmadi. 3:0 hisobini ko'rgan inson oson yutib olishibdi-da, deyishi mumkin. Biroq qiyinchiliklari bo'ldi. Muxlislarimiz oldida g'alaba qozonishga harakat qildik. Barchani shu jumladan, Namangan viloyati Hokimini g'alaba bilan tabriklayman.

- Aytingchi, bugungi o'yinda nimalar o'xshadi-yu, nimalar o'xshamadi?

- Yigitlar ishtirokida yuqori mehnat, tartib-intizomni ko'rdik. O'xshamagan jihatlar haqida gapirsam, bu asosan birinchi bo'limda kuzatildi. Himoyada yaxshi, tartibli va zich o'ynadik, ammo hujumga chiqishda yomon harakat qildik. SHu boisdan o'yin o'xshamadi deyish mumkin. Standartlar va burchak zarbalariga tayandik, Oston O'runovda yaxshi vaziyat bo'ldi. Ikkinchi bo'limga chiqishdan oldin barchasini yaxshilab gaplashib oldik, biz g'alaba qozonishimiz kerak edi. Ana endi hujumda ham kurashishni boshladik. 

- Bugungi o'yinda yirik hisobdagi g'alabani maqsad qilganmidingiz?

- SHuni aytishim kerakki, maydonga faqatgina g'alaba uchun chiqamiz. Birinchi bo'limdan keyin ham g'alaba qozonishimizni kutgandim. SHu sababli yigitlar bilan gaplashib, ayrim narsalarni o'zgartirdik. Ayni damdagi "Navbahor" OCHL, O'zbekiston Kubogi va chempionat o'yinlari deb ajratib o'tirmaydi. Namangan viloyati Hokimi, homiylar orqali bizga katta maqsadlar qo'yildi. SHu orqali "Navbahor"ni yuqori darajadagi holatiga qaytardik. Muxlislarimiz uchun faqatgina g'alabani o'ylaymiz.

- O'zbekiston chempionatidagi "Navbahor" Osiyo chempionlar ligasidagi o'yinlari bilan farq qilyapti. Buning sababi nimada?

- Fikringizga qo'shilmayman. Barcha o'yinlarga katta etiborli bo'lishga harakat qilyapmiz. Bu ruhiy charchash, bu jismoniy charchash... OCHLdagi tarixiy ochkodan keyin chempionatda ochkolar yo'qotdik. Ammo o'sha o'yinlarda biz yutishimiz kerak edi, chunki ham texnik, ham taktik tomonlama raqibdan kuchliroq bo'lgandik. Balki chempionatda g'alaba qozonish uchun biror turnirdan voz kechishimiz kerakdir, biroq biz hamma o'yinda yutmoqchimiz. Bizda yuqori ambiciyali jamoa bor va faqatgina g'alabalar istaymiz va bunga majburmiz.

- Navbatdagi o'yin Eron klubiga qarshi. Ushbu jamoa haqida malumotlar kam. Ushbu jamoadan nimalar kutamiz?

- Keling, barchasiga zinama-zina etib boramiz. Navbatdagi uchrashuvimizni Buxoroda o'tkazamiz. Malumotlar topiladi, ular hozir "Al Hilol"ga qarshi o'ynashmoqda. Ayni damdagi vazifa - "Buxoro" bilan yaxshi o'yin ko'rsatib, munosib natija ko'rsatish.

- "Navbahor"ning ayni damdagi tarkibi bilan OCHLning qaysi bosqichiga etib borishni umid qilsa bo'ladi?

Jamshid Iskanderov: - Bugun gol urish nasib qilgan ekan. Bundan xursandman. Bosh murabbiy aytganidek, g'alaba uchun o'ynaymiz. Oldindan nimadir deb bo'lmaydi. Menga ham finalga borish yoqadi. Ammo ilk navbatda guruhdan chiqishni o'ylash kerak.

- Bugungi o'yinda Jamshid Iskanderovdan tashqari qaysi futbolchini takidlab o'ta olasiz? Penalti borasidagi fikringiz qanday?

- Hech kimni ajratib ko'rsatish niyatim yo'q. Hatto zaxirada qolgan futbolchilar ham masuliyatni bo'ynida ushlab turdi. Bugun barchaga rahmat aytaman.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика