So’nggi yangiliklar

19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  3 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  4 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  1 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  4 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  22 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  57 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  4 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  26 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  2

Samvel Babayan mamlakat futbol klublarining fan klublari faollari bilan uchrashdi Yangiliklar

Samvel Babayan mamlakat futbol klublarining fan klublari faollari bilan uchrashdi

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan mamlakatdagi futbol klublarining fan klublari faollari va terma jamoa muxlislari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvni tashkil qilishdan asosiy maqsad O'zbekistondagi futbol ishqibozlarini qiziqtirgan masalalar, ularning muaamolarini fan klublarning faollari orqali eshitishdan iborat bo'ldi. Bundan tashqari terma jamoa o'yinlaridagi muxlislik madaniyatining bugungi ahvoli ham uchrashuvning bosh mavzusiga aylandi.

Tadbirda terma jamoalar biror shaxsning emas, xalqning jamoasi ekanligi, shu sababli ham jamoa futbolchilari xalqning daldasiga muhtoj ekanligi alohida takidlandi.

“Mening vazifam ishqibozlarning terma jamoaga bo'lgan ishonchini qaytarish, xalq va federaciya rahbariyatining ishonchini oqlash”, - deydi Babayan. “Ammo, bir kishi - hech kim. Menga bunda sizlarning yordamlaringiz kerak bo'ladi”.

Samvel Babayan 23 iyun kuni Mirjalol Qosimovning o'rniga O'zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. SHundan so'ng u, terma jamoalar markazi xodimlari, o'zining shtabiga kirishi kutilayotgan murabbiy va mutaxassislar hamda jurnalistlar bilan uchrashuv o'tkazgan edi.

Milliy terma jamoa murabbiylar shtabi tasdiqlangach, Samvel Babayan terma jamoa bosh murabbiyi sifatida matbuot anjumani o'tkazadi.

Samvel Babayanning bosh murabbiy sifatidagi ilk rasmiy uchrashuvi, hozircha, 3 sentyabr kuni Yamanga qarshi o'yin bo'lishi kutilmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi Jahon va Osiyo chempionati saralash bahslarini 16 iyunda SHimoliy Koreyaga qarshi 2:4 hisobidagi mag'lubiyat bilan boshlagan. Bugungi kun holatiga qadar H saralash guruhida 2 ta o'yinda 6 ochko jamg'argan SHimoliy Koreya va Filippin terma jamoalari peshqadamlik qilib turishibdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика