So’nggi yangiliklar

00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  5 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  1 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  20 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2

Samvel Babayan: "Futbolchi maydonga tushganlaridan keyin futbol o'ynashi kerak" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Futbolchi maydonga tushganlaridan keyin futbol o'ynashi kerak"

"Paxtakor" - "Navbahor" (2:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar menejeri qatnashdi.
"Tezkor gol urganimizga qaramay, o'z xatoimiz bilan hisobni tenglashishiga majbur bo'ldik. O'yin so'nggida bor etiborimizni hujumga qaratdik. Buning uchun yigitlarga rahmat, boisi ular bor etiborlarini hujumga qarata olyaptilar", - deydi Samvel Babayan.

- Maxaradzening yo'qligi bugun qanchalik pand berdi?
- Kaxi ayni paytda Gruziya terma jamoasiga nomzod futbolchi bo'lib turibdi. SHu kunlarda tema jamoa bosh murabbiyi ham Toshkentga kelishni maqsad qilgan. Kaxi kuchli va aqilli futbolchi.

- Bugun "Navbahor" ko'p holatlarda o'yinni cho'zdi, bunga munosabatingiz qanday?

- Futbolchi maydonga tushganlaridan keyin futbol o'ynashi kerak. O'yinni cho'zish uchun qilgan harakatlari haddan tashqari oshib ketdi. Birinchi bo'limni o'zidayoq hakam kamida besh daqiqa qo'shib berishi kerak edi. Bizga qarshi jamoalar avtobus qo'yishdami-e, troleybusmi bilmadim. Futbolni o'ynash kerak. Lekin ularning bu harakatlari bizni yanada kuchli qilyapti. Sizning savolingizga javobim shuki, bu narsa futbolni go'zallashtirmaydi.

- Bugun Baxtiyor Ashurmatov hakamdan nolidi. Sizning fikringiz qanday?
- "Buxoro" bilan o'yinda durang qayd etdik. Jurnalistlar menga savol berar ekanlar, hakam manzili tomoni nimanidir aytishimni kutdilar. Lekin o'sha o'yinda ham, bugun ham hakamlarga baho bermayman.

- Hujum chizig'iga nomzod qidirish kerak emasmi?
- Sergeevda bir o'yinda uch to'rtga yaqin imkoniyatlar bo'lyapti. Balki hozir u shoshayotgandir. Lekin imkoniyatlar bo'lyapti. Bu chiziqni ichki rezerv bilan kuchaytirishimiz mumkin. Soliev, Yusupov va Rogavanov kabi futbolchilarni misol qilib keltirishim mumkin.

- Iskanderov terma jamoalarda o'zi "yorib" kiradi, "Paxtakor"da asosan pas berishga ko'proq moyil.
- Iskanderov universal futbolchi. Bugun Maxaradze yo'qligi uchun, u o'rtani qo'lga olishi kerak edi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика