So’nggi yangiliklar

01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарий бошқача кечиши мумкин эди"  0 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  0 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 00:00Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Осасуна" (онлайн ҳисоб)  20 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  9 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  3 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  13

Samvel Babayan: "Bunday g'alabalar jamoani yanada kuchaytiradi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Bunday g'alabalar jamoani yanada kuchaytiradi"

OCHL 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Naft Tehron" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Samvel Babayan ishtirok etdi.
"Avvalo bugun maydonga faqat g'alaba uchun tushgandik, to'g'ri birinchi bo'limda o'z o'yinimizni namoyish eta olmadik. Gol urganimizdan so'ng 10 kishi bo'lib qoldik. Bu g'alaba yanada totli bo'ldi. SHunday g'alabalar jamoani yanada kuchaytiradi. Kamchilik bo'lib qolsak ham hujumga o'tdik, sababi maqsadimiz faqat g'alaba edi. "Naft" juda kuchli klub ekanini barcha ko'rdi. Yigitlarimizga rahmat aytaman", - deydi Samvel Babayan.

O'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Kaxi Maxaradze ham matbuot anjumanida ishtirok etdi. - Bugun juda muhim g'alabaga erishdik. SHeriklarim 120 foiz kuch bilan harakat qilishdi. Barchani tabriklayman, - deydi Kaxi.

- Jamoaning o'yinini kuchaytirishi mumkin bo'lgan futbolchilar bormi?
- Tarkibimizda ko'plab yoshlar bor. Boltaboev, Kozak yana boshqa o'yinchilar bor. Bugun mavsumdagi ilk rasmiy o'yinimizni o'tkazdik. SHu bois bizdan juda zo'r o'yin kutib bo'lmasdi. Eng asosiysi uch ochkoni qo'lga kiritdik.

- "Paxtakor" futbolchilar nimagadir hujum qilish vaqtida asosan to'pni orqaga uzatdi. Tezkor qarshi hujumga o'tish borasida ishlar olib borilayaptimi?

- Aytib o'tganimdek mavsumdagi ilk uchrashuvni o'tkazdik. SHu bois o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik. 

- Masharipov bugungi o'yin bilan keyingi o'yinlarda asosiy tarkibda tushishga loyiqligini ko'rsata oldimi?
- Bo'lishi mumkin. U o'yinga yaxshi qo'shilib keta oldi. To'g'ri unda ham bazi kamchiliklar bo'ldi.

- "Paxtakor" Toshkentda Eron klublariga umuman yutqazmagan. SHuni o'yladingizmi?
- Bilasizmi har qanday seriya bir kun kelib yakuniga etadi. O'yinoldi matbuot anjumanida "Naft" 20dan ortiq o'yindan buyon mag'lub bo'lmagan deyishgandi. O'shanda biz seriyaga barham beramiz demagandim. Ammo aynan bizning jamoa bunga erishganidan xursandman.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика