So’nggi yangiliklar

22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  2 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  4 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  11 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  4 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  4 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  16 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  4 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  4 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  18 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  7

Samvel Babayan: "Bu "Navbahor"ning joriy mavsumdagi hozircha eng yaxshi o'yini" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Bu "Navbahor"ning joriy mavsumdagi hozircha eng yaxshi o'yini"

"Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvidan (1:5) so'ng "lochinlar" ustozi Samvel Babayan matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

Samvel Babayan: "Bugungi o'yin biz uchun juda muhim edi. Yigitlarga katta rahmat aytaman, muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman".

- "Navbahor" avvalgi o'yinlarga nisbatan tamomila boshqa jamoadek ko'rindi. Yani birinchi va ikkinchi gollardan keyin to'xtagani yo'q. Avvalgi bahslarda bu shijoatni ko'rmagan edik.

- Birinchi navbatda yigitlar o'zini juda yaxshi ko'rsatishdi. "Bunyodkor" yaratgan bir-ikki vaziyatni hisobga olmasak o'yinni to'liq nazorat qildik. Bu "Navbahor"ning joriy mavsumdagi hozircha eng yaxshi o'yini. Asosiysi - jamoa goldan keyin ham to'xtab qolmadi va vaziyatlar yaratishda davom etdi. Tahlillarimizning foydasi bo'ldi.

- Birinchi bo'limni olib qarasak, har bir chiziqdagi futbolchilar o'z vazifasini to'liq ado etishdi. Bu jamoa asosiy tarkibi shakllanib ulgurganidan dalolatmi yoki bugun shunaqa bo'lib qoldimi?

- Mavsum oldidan jamoani 10 kishi tark etdi va yana shuncha futbolchi "Navbahor" safiga kelib qo'shildi. Buni jiddiy o'zgarish deb bilaman. Rasmiy o'yinlar o'zgarishlarning haqiqiy foydasini ko'rsatadi. Bugun ayniqsa birinchi bo'limda hamma narsa ishladi. Nima bo'ldi? Yigitlar ushbu o'yin muhimligini tushunishdi deb o'ylayman. "Bunyodkor"ga qarshi bahsdagi g'alaba bizni birinchi o'ringa olib chiqardi. Ruhiy jihatdan bu biz uchun juda muhim edi. Yana, tahlillarimizdagi xulosalar orqali xatolarimizni to'g'irladik.

- Oston O'runovni nega almashtirdingiz?

- Avvalgi o'yinda Oston jarohat olgandi, shu sabab bugun uni asrashga qaror qildim.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика