Samvel Babayan: “Birgalikda yangi tarix yaratamiz”
04 dek 10:25
Yangiliklar
Samvel Babayan: “Birgalikda yangi tarix yaratamiz”
“Andijon viloyati hokimi hurmatli Shuhrat Qo'shoqboevich va klub rahbarlarining taklifini qabul qildim. “Andijon”da hammamiz birgalikda yangi tarix yaratishni maqsad qildik. “Navbahor” va “Paxtakor”dagi faoliyatim katta tarix edi. Ikkala klub maksimal darajada natijaga erishdi. Bugungi kunda men barcha potencial va real imkoniyatlarimni “Andijon”da ko'rsatmoqchiman.
Andijon xalqi, muxlislari, ayniqsa, taniqli bo'lgan fan-klubi O'zbekistonda eng yaxshisi. Ular sevimli jamoasini o'zbek futbolining lideri bo'lishini xohlashadi va bunga munosib. Shu sababli men shu erdaman.
Ko'p ishlashimizga to'g'ri keladi, faqat maydonda emas, balki maydon tashqarisida ham. Biz g'alabali ananani yo'lga qo'yishimiz kerak. Shuningdek, viloyat hokimi klub infrastrukturasini ham yaxshilashimizni so'radi. Yoshlarni tarbiyalash va selekciya ishlarini olib boramiz. 24\7 rejimida qatiy ishlashimiz lozim.
Butun faoliyatim davomida ishlagan klublarimda eng yahshi natijalarga erishganman. Endilikda barchamiz to'plagan tajribam bilan hamoxang ravishda samarali ish olib borishimiz darkor. Buning natijasida hammamiz birlashib Andijonda katta muvaffaqiyatlarga erishishimiz mumkin.
Klub Superligada qolish masalasini hal qildi. Albatta, ishlarni selekciyadan boshlayapmiz. Birinchi navbatda o'yinchilarni tanlab olish masalasida hammasini ko'rib chiqamiz. Qaysi futbolchilar jamoani kuchaytirib, natija ko'rsata oladi? Shularni tahlil qilamiz.
Oldimizda 24 dekabr kuni Qatarda Osiyo Chempionlar ligasi doirasidagi muhim o'yinimiz bor. Bu uchrashuvgacha vaqt bor. Yigitlarga dam berdik. Tez orada bo'lajak o'yin uchun tayyorgarlikni boshlaymiz”.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Эшитдик-да! "Навбаҳор" тез орада янги мураббийни таништиради
Fikrlar