Rossiya terma jamoasi ustozi: “O'zbekistonga qarshi ikkita qiyin, shuning barobarida qiziqarli o'yinlar bizni kutib turibdi”
04 dek 09:32
Yangiliklar
Rossiya terma jamoasi ustozi: “O'zbekistonga qarshi ikkita qiyin, shuning barobarida qiziqarli o'yinlar bizni kutib turibdi”
Avvalo, hozirgi tarkib haqida fikr bildirmoqchiman. Bu bilan futzal ishqibozlari orasidagi savollar va hayratlarga oldindan javob berib qo'ymoqchiman. Yaxshi tomoni shundaki, bizning tarkibimiz yigirma nafar o'yinchi bilan cheklanib qolmaydi, u ancha keng va salohiyatli. Shu bois, avvalgi yig'inlarni o'tkazib yuborgan futbolchilar ham doimiy nazoratimiz va kuzatuvimizda bo'lishgan. Shunday ekan, kengaytirilgan ro'yxatda hech qanday kutilmagan nomlar yo'q. Barcha futbolchilar shtabimiz talablaridan juda yaxshi xabardor — bizda “o'rtoqlik o'yinlari” degan tushuncha yo'q. Bu mamlakatning asosiy futzal jamoasi va uning tarkibida maydonga tushganingda maksimal darajada o'ynashing shart.
Raqibimizni esa tanishtirishning hojati yo'q. O'zbekiston terma jamoasi — Osiyoning etakchi futzal davlatlaridan biri. Ular muntazam ravishda rivojlanmoqda, darajalarini oshirmoqda, ularga qarshi o'yin qiyin, shuning barobarida qiziqarli bo'ladi. Bu o'yinlar biz uchun ham, raqiblarimiz uchun ham juda muhim. Oldinda turgan bahslarni sabrsizlik bilan kutyapmiz.
Qabul qiluvchi tomonga o'z maydonlarida o'ynash uchun taklif bildirgani uchun, shuningdek, safarni tashkil qilib bergani uchun RFSga minnatdorchilik bildiramiz. Hozirgi sharoitda bunday qo'llab-quvvatlovchi rejimda kuchli raqib bilan o'ynash imkoniyati — yanada rivojlanishimiz uchun juda katta turtki.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Эшитдик-да! "Навбаҳор" тез орада янги мураббийни таништиради
Fikrlar