So’nggi yangiliklar

19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  3 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  4 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  1 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  4 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  22 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  57 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  4 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  26 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  2

Samvel Babayan: "Andijon" futbolchilaridan ko'ra muxlislari kuchliroq" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Andijon" futbolchilaridan ko'ra muxlislari kuchliroq"

"Andijon" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Samvel Babayan ishtirok etdi.
"Bugungi bahsning qiyin bo'lishini o'yindan oldin bilardik, boisi "Andijon" pastki o'rinlarda yurgan bo'lsada hujum chizig'ida yaxshi ijrochilar bor edi. So'nggi o'yinlardan kelib chiqib jamoaning o'yini yaxshi deb aytgan bo'lardim. Bizda esa charchoq bor edi", - deydi Babayan.

- O'yindan oldin "Andijon"dan qanday xavf kutgan edingiz?
- "Bunyodkor" bilan yaxshi o'yin namoyish etilgandi. Bugun ham yomon chiqmadi. Qolaversa futbolchilaringizdan ko'ra muxlislaringiz kuchliroqligini doimo aytib kelganman.

- Birinchi davrani peshqadam sifatida tugatdingiz, qisqacha fikringiz...
- OCHLni inobatga olmaganda barchasi yaxshi. Afsuski Iskanderov va Maxaradzening xizmatlaridan ko'p foydalana olmadik, natijada OCHLda muvaffaqiyatsizlikka uchradik. CHempionatda esa mahalliy yigitlar bilan reja asosida ishlay oldik. Yil boshida Tojiev safdan chikkach tekinga Oraxovacni oldik, boshida u o'zini oqlay olmanandek edi, lekin so'nggi o'yinlarda jamoamizning o'yiniga kirishib keta oldi. Bugunda biz chet eldan tayer o'yinchi olish imkoniyatiga ega emasmiz.

- CHempionlikni himoya qilyapsizlar, raqiblar kuchaydimi?
- "Neftchi" va "Olmaliq" misolida ha deb aytgan bo'lardim. Lekin nima uchundir "Olmaliq"ning o'yini birdek ketmayapti.

- "Andijondan kimni alohida etirof etasiz?
- Abdumalik Abdullaev va Asqar Jadigerov. O'yindan keyin Asqar oldimga kelib tabriklab ketdi. Men unga yoshligida ham bunday yaxshi o'ynamaganini aytib kuldim, u bugun o'yinning eng yaxshisi bo'ldi.

- "Paxtakor"ning yangi murabbiyi kim bo'ladi?
- Bu hakda ko'p gapiryapmiz, yana bir bor aytaman. "Paxtakor" bayroqdor jamoalarimizdan biri va uning yangi murabbiyi shunga mos bo'ladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика