So’nggi yangiliklar

00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  54 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0

Samvel Babayan: "Al Ayn" durang uchun o'ynamasa kerak" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Al Ayn" durang uchun o'ynamasa kerak"

OCHL 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Ayn" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan qatnashdi.
"Bugun va ertaga yurtimizda katta futbol bayrami. Raqib juda kuchli hisoblanadi. "Al Ayn" o'tgan mavsum OCHLda yarim finalga qadar etib borgan. Tarkibda BAA terma jamoasi azolari bor. Ular deyarli BAA chempioni bo'lishdi", - deydi Samvel Babayan.

"Raqib juda kuchli. Biz o'z maydonimizda g'alabaga intilamiz. Muxlislarimiz qarshisida ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q", - deydi Sergeev. 

- Jamoa uchta o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti. Bu ertangi bahsdan oldin bosim o'tkazmayaptimi?
- O'tgan barcha o'yinlar o'ziga yarasha tarixga ega. Ammo biz doim g'alaba uchun intilamiz. "Al Ayn"ga qarshi bahsda g'alaba uchun o'ynamiz.

- Iskanderov, Sergeev va Masharipovni birgalikda asosiy tarkibda tushirsa bo'lmaydimi?
- Ular orasida Kozakni ham qo'shsa bo'ladi. Tarkibimizda kim tayyor bo'lsa o'sha maydonga tushadi. Maydonga tushmasa ham jamoaga yordam berayotgan futbolchilar bor.

- Siz gol urish kerak bo'lgan vaziyatda ura olmaysiz, hech kim kutmaganida gol urib ketasiz...
Igor Sergeev:
- Buning barchasi o'sha vaziyatga bog'liq. Bazida imkon bo'ladi va gol uraman. Murabbiylar bilan bu borada ishlayapmiz. Gol urish uchun omad ham kerak.

- Raqib jamoa ustozi 9 ochko guruhdan chiqish uchun etarli bo'lishini aytdi. Bu borada fikringiz?
- Demak u shunday o'ylamoqda. Agar g'alaba qozonaversak matematik hisob-kitoblarga hojat qolmaydi.

- Ertaga siz futbolchilarning jangovor ruhiyatini ko'tarishga majbur bo'lishingiz mumkin.
- Jamoamiz tarkibida barcha futbolchilar professional. Ular doim maydonga tushishga va bor kuchlari bilan o'ynashga tayyorman.

- Raqib ustozi ertaga bizni durang ham qoniqtiradi deb aytdi. Agar ular himoyalanishsa jamoaingiz hujumkorlik oshirishi mumkinmi, "Paxtakor" bunga tayyormi?
- "Al Ayn" anchagina kuchli jamoa, ularning hujumchilari juda kuchli. Menimcha murabbiy bizni hurmat qilib durang ham qoniqtiradi deb aytgandir. Lekin ertaga ular durang uchun o'ynab himoyalanishadi deb o'ylamayman. Ertaga qiziqarli o'yin guvohi bo'lsak kerak.

- Ertangi o'yindan oldin muxlislarga tilaklaringiz...
Igor Sergeev:
- Muxlislarga stadionga kelib bizni qo'llab turishlarini so'rayman. Ularning stadiondan ko'tarinki kayfiyatda ketishlari uchun bor kuchimizni ishga solamiz.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика