So’nggi yangiliklar

01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  0 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  2 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  5 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  4 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  14

Samvel Babayan: "16 talik format tashabbuskorlaridan biri edim. CHempionat o'yinlari orasida 10 kunlik tanaffus yuzaga keldi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "16 talik format tashabbuskorlaridan biri edim. CHempionat o'yinlari orasida 10 kunlik tanaffus yuzaga keldi"

Coca-Cola Superligasining 24-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Navbahor" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

"Navbahor"ning o'yiniga befarq bo'lganlar yo'q. Bu mavsum haqiqiy trillerga aylandi. G'alaba qozonib oldik, oldinga yurishda davom etamiz. "Navbahor" muxlislarini tabriklayman. Biz ular uchun harakat qilmoqdamiz. Har bir o'yinda aynan muxlislarimizni xursand qilish uchun maydonga chiqib kelamiz. Futbolchilarimni ham tabriklab o'tmoqchiman. Kubokdagi qiyin o'yindan keyin, qiyin emocional holatda g'alabaga erishishdi. Kubok finalida ham yigitlarim mag'lubiyatga munosib emasdilar, ammo natija biz kutgandek bo'lmadi. Umuman qiyin o'yindan keyin tiklanib olish kerak edi. SHu sabab ham ikki xil taym o'tkazdik. Birinchi taymda o'yinimiz chiqmadi. Ikkinchi taymda hammasi o'z iziga tushdi. Pressinglarimiz ham o'xshadi. Hujumda ham bir butun bo'lib harakat qildik. Pressingda ikkita yaxshi gol kiritdik. Yana nima deyish mumkin. CHempionat boshida men bu mavsum boshqacha bo'lishi haqida gapirgandim. Mana shu fikr o'zini oqlamoqda. Oxirgi turga qadar ajoyib intriga saqlanib qolmoqda. 

- Jamoa ikkinchi bo'limda yirik hisobda ham g'alaba qozonishi mumkin edi, ammo vaziyatlardan foydalanish borasida muammolar kuzatilmoqda. Balki, Evropa jamoalari kabi hujumchilarga ham alohida murabbiy olish kerakdir?

- Yo'q, jamoamizda murabbiylik ishlari o'z joyida. Bu albatta katta muammo. Biz mavsum davomida hali ikkitadan ortiq gol urmadik. Bu ko'rsatkich asabiylashishga sabab bo'ladi. Siz to'g'ri aytdingiz. Bugun ham ikkinchi bo'limda 3-4 vaziyat yaratdik. Umuman har o'yinda juda ko'p vaziyatlar yaratyapmiz. "Olimpik"ka qarshi o'tgan turdagi o'yinda ham biz masalani birinchi taymdayoq hal qilishimiz va kubok o'yiniga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak edi. Vaziyatlardana foydalana olmaslik bu futbolchining maxoratiga bog'liq. Bu narsa ustida mashg'ulotlar paytida ishlanadi. Oxirgi ikki uchrashuvda bu narsaga barham berishga harakat qilamiz. Bosimmi yoki boshqa narsa buni tushunish qiyin. Vaziyatlardan foydalana olmaslik bizning og'riqli nuqtamiz. Bu narsa sog'liqqa ham zarar beryapti.

- Zoran Marushichni zaxirada ushlab turishingizga sabab nima?

- Bu taktik qaror edi. Murashich pressingda ajoyib harakat qiladi. Rejamizga ko'ra u o'yinga kuchga to'lgan holda tushib, uchrashuv oxirlarida vaziyatlardan foydalanishi kerak edi. Har bir o'yinda Zoranda etarlicha vaziyatlar bo'lmoqda. Bugun u o'z vaziyatlaridan foydalandi. 

- "Navbahor" kubok finalida mag'lubiyatga uchradi. Superligada chempionlikni qo'lga kiritmagan taqdirda klub oldiga qo'ygan maqsadlariga erishgan hisoblanadimi?

- Klub oldiga qo'ygan maqsadini mavsum boshida aytib o'tganmiz. Bu Osiyo chempionlar ligasi. Klub o'z tarixida hali biror marta bu turnirda o'ynamagan. Kecha bu vazifani rasman uddalashga erishdik.  Albatta, minimum maqsad bajarilganidan so'ng, yanada ko'proq narsaga erishishni istaymiz. Qaytaraman, biz kubokda mag'lub bo'lishga loyiq emasdik. Afsuski, ikkita qo'pol xato natijaga tasir o'tkazdi. Hozirgi maqsadimiz faqat g'alaba qozonish.

- Rustam Ashurmatovning "Rubin"ga o'tgani haqida xabarlar chiqdi. Uni o'rnini kim to'ldiradi. Bu yil ham o'tgan mavsum singari barchasini qishda hal qilib qo'yasizmi? Yangi o'yinchilarni nazarda tutyapman... 

- Rustam aslida biz uchun katta yo'qotish. "Rubin" yuqori ligaga chiqishiga umid qilamiz. OCHLda o'ynaganimizdan so'ng, albatta jamoa tarbkibini kuchaytirish kerak bo'ladi. Biz OCHLda munosib qatnashishimiz uchun hamma poziciyalarni kuchaytirishga harakat qilamiz.

- Bugun ikkala jamoa ham vaziyatlar yaratdi. Agarda barcha yaratilgan vaziyatlar gol bo'lganda hisob qanday bo'lardi?

- To'g'ri. Menimcha, beshta gol urgan bo'lardik. "Lokomotiv" haqida ham iliq fikrlarni bildirish lozim. Ular "Paxtakor"ga qarshi o'yinda ham juda sifatli o'yin ko'rsatishdi. SHunchaki, himoyada qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi. Biroq juda ko'p vaziyatlar yaratishdi. Bugun ham yaxshi vaziyatlar yaratishdi. "Lokomotiv" birinchi taymda ko'rsatgan o'yinini shunchaki olqishlayman. Gol o'tkazish yuborishgan bo'lsa ham ular harakat qilishda va o'z uslublarini ko'rsatishga intilishdi. Ammo bu kabi tavakkaldan so'ng ko'pincha jamoa jazolanadi.

- CHempionatni 14 ta yoki 16 jamoa bilan o'tkazishga fikringiz qanday?

- Bizda bu masala borasida PFL rahbariyati bilan majlis bo'lgandi. U erda bizdan fikr so'rashgandi. Men 16 talik format tashabbuskorlaridan biri edim. Mantiq nimadar iborat? Gap shundaki, bizda juda kam o'yinlar bor. 26 ta o'yin juda kam. Orada juda katta pauzalar yuzaga keldi. Xattoki, chempionat o'yinlari paytida ham 10 kunlik tanaffuslar yuzaga keldi. Bu juda ko'p. Bizning mamlakat juda katta, infrastruktura ham ajoyib. Tashkilotchilik borasida men bilmaydigan bazi muammolar bo'lmasa, 16 jamoadan iborat chempionat bizning mamlakat uchun juda mos bo'lardi. Biz oldin ham bu tizimda o'ynaganmizku. CHempionatda 30 ta o'yin. Yana kubok bor. Ushbu mavsum kubokda ettita o'yin o'tkazdik. Yana bir muhim jihat bor. Agarda 16 ta jamoa bo'lsa, yoshlarga ko'proq imkoniyat beriladi. Men shunchaki buni o'z tajribamdan bilaman. O'z vaqtida bayroqdor jamoamizni boshqarganimda juda ko'p rotaciya qilardik. Jamoadan qaysidir tajribali futbolchi ketsa, o'sha zaxoti yoshlarga imkoniyat berardik. Bu ishni chempionat kengaysa, boshqa klublar ham qilishi mumkin bo'ladi. "Andijon", "Buxoro" chiqib kelmoqda. "Dinamo" esa tushib ketmoqda. Axir Samarqand futbol shahriku, infrastruktura ham ajoyib. Bu albatta mening shaxsiy fikrim. Rahbariyat qanday qaror qabul qilishini bilmayman. 

Reyting: -35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика