So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  1 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  13 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

Samarqandda “O'FA Kubogi” bahslari start oladi Yangiliklar

Samarqandda “O'FA Kubogi” bahslari start oladi

Malumki, O'zbekiston futbol Associaciyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun o'zaro memorandum imzolagandi.

Ana shu memorandum asosida yurtimizdagi Oliy talim muassasalari o'rtasida futbol bo'yicha “O'zbekiston futbol Associaciyasi Kubogi” musobaqalarini o'tkazishga kelishib olingandi.

O'FAning tasdiqlangan rejasiga asosan 27 martdan 5 aprelga qadar Samarqandda «O'FA Kubogi»ning birinchi bosqich o'yinlari bo'lib o'tadi. Unda viloyatdagi sakkizta Oliy talim muassasalari jamoalari ikki guruhga bo'lingan holda o'zaro kuch sinashishadi. Bular, “A” guruhida  Samarqand davlat arxitektura qurilish institutining “SamDAQI”, Samarqand davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakultetining “SamDU-1”, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining “TATU”, Samarqand qishloq xo'jalik institutining “SamQXI”, “V” guruhida Samarqand davlat universiteti talabalari termasining “SamDU-2”, Samarqand iqtisodiyot servis institutining “SamISI”, Samarqand davlat chet tillar institutining SamDCHTI” hamda  Samarqand tibbiyot institutining “SamMI” jamoalaridir.

Talabalar Samarqand shahridagi “Olimpiya” nomli IBO'SM hamda BO'SM-2 maydonlarida kurash olib borishadi. Guruh o'yinlari 27 martdan 1 aprelga qadar davom etadi, 3 aprelda yarim final, 5 aprelda esa final uchrashuvi o'tkazilishi belgilangan.

Turnir g'olibi aprel oyining ikkinchi yarmida aynan Samarqandda tashkillashtiriladigan ikkinchi bosqichga yo'llanma oladi. Musobaqa qonun-qoidasiga muvofiq ikkinchi bosqich to'rt mintaqada tashkillashtiriladi – Namangan, Samarqand, Urganch va Toshkent shaharlarida. Samarqand mintaqasida mezbonlardan tashqari Qashqadaryo, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari g'oliblari ishtirok etishadi.

Qolgan uch mintaqa qatnashchilari:
Namangan shahrida – Namangan, Andijon, Farg'ona viloyatlari;
Urganch shahrida – Xorazm, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi;
Toshkent shahrida – Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahar musobaqalari g'oliblari.  
 
 “O'FA Kubogi” bahslari orqali talabalar o'z imkoniyatlarini chamalab olishlari bilan bir qatorda ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish ham taminlanmoqda. Qolaversa, musobaqa yoshlarni manaviy boy va jismonan sog'lom etib tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga sadoqat, o'ziga ishonch, sportga muhabbat tuyg'ularini uyg'otishga ham xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика