So’nggi yangiliklar

11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  1 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  5 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  11 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  8

Samarqandda birinchi liga mavsumi yakunlandi Yangiliklar

Samarqandda birinchi liga mavsumi yakunlandi

Teglar :  DinamoCementchi
Birinchi Liga 36-turi doirasida o'tgan Dinamo - Cementchi (0:1) o'yini bilan Samarqanddagi chempionat o'yinlariga rasman yakun yasaldi.

Dinamo klubi Oliy Ligaga chiqish vazifasini 35-turdayoq muddatdan avval bajarganligi bois, Cementchiga qarshi uchrashuvda faqat yopilish marosimini yuqori kayfiyatda yakunlash uchun g'alaba qozonish lozim edi.

Biroq, butun o'yin davomidagi katta ustunlik amalda hech narsani hal etmadi. 76-daqiqada esa Jasur Azimov belgilangan 11 metrlik nuqtadan penaltini noaniq foydalandi. Uchrashuvga qo'shib berilgan 90+4-daqiqada esa mehmonlar futbolchisi Rahmatilla Meliboev kutilmaganda kam sonli hujumlardan birida, jarima zarbasini gol bilan yakunlab, g'alabani ilib ketdi, 0:1. Omad kelmasa, qiyin…

Qayd etish kerak, aynan Cementchi klubi mavsumning ilk turi va yakunida Dinamo jamoasini mag'lub eta olgan Birinchi Ligadagi yagona klub bo'ldi.

Uchrashuvdan so'ng Dinamo stadionida chempionatning rasmiy yopilishi marosimi o'tkazilib, bir qator nominaciyalarda futbolchilar va muxlislar taqdirlanishdi. SHuningdek, Cementchi klubi nomidan jamoa sardori Dinamo klubiga keyingi yil Oliy Liga omad yor bo'lishini tilab qoldi.

Eslatib o'tamiz, Birinchi Liga doirasidagi qoldirilgan 23-24-tur o'yinlari 9 va 12 noyabr kunlari o'tkazilib, unda Dinamo jamoasi Kosonsoy va Xotira-79 klublariga qarshi safarda to'p surishadi va bu bilan mavsum rasman nihoyasiga etadi.

Birinchi Liga. 36-tur.

5 noyabr (shanba)

Dinamo (Samarqand) – Cementchi (Quvasoy) – 0:1

Samarqand, 1315 tomoshabin.

Hakamlar:
E. Tursunov (Buxoro) – 8,2, SH. Fayziev (Jizzax) – 8,5, A. Sunnatov (Guliston) – 8,1, D. SHodiev - 8

Nazoratchi: B. Togaev (Toshkent).

Gol: R. Meliboev (90+4).

Dinamo: Mixail Naumov, Bunyod Isroilov, Aleksey Nikolaev, Akmal Bozorov (Firdavs Abdusalimov, 70), Mirkomil Lokaev, Iskandar Xolmirzaev (Komil SHarofutdinov, 80), Omadjon Tayloqov (Jasur Azimov, 70), Saidjamol Davlatjonov (Jonibek Ko'chimov, 75), Doston Ibragimov, Viktor Klishin (Alisher Xoliqov, 70), Amirjon Safarov.

Noaniq penalti:
Jasur Azimov (Dinamo), 76-daqiqa (darvozabon).

Ogohlantirishlar: S. Davlatjonov (10), B. Isroilov (61), J. Azimov (86), M. Lokaev (90 + 5) – D. Mamatov (76), S. Ermatov (85).

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика