So’nggi yangiliklar

19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  1 19:02Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23 (матнли трансляция)  5 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  6 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  3 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  13 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  8 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  1 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  1 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  3

Salixamidjich "Bavariya" Anchelottini nega bo'shatganini va qanday murabbiy qidirayotganini aytdi Yangiliklar

Salixamidjich "Bavariya" Anchelottini nega bo'shatganini va qanday murabbiy qidirayotganini aytdi

Kecha "Bavariya" klubi sport direktori Xasan Salixamidjich bilan matbuot anjumani o'tkazildi.

- "Gerta"ga qarshi o'yinda jamoani Villi Sanol vaqtincha bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushadi. O'ylaymanki, jamoa yakshanba kuni bo'lib o'tgan voqealarga to'g'ri reakciya qiladi. Endi hech qanday bahona yo'q. Ayni paytda oldimizda turgan eng muhim narsa bu Berlindagi o'yin. Biz "Gerta"ni mag'lub etishni istaymiz. Sanol boshchiligida jamoa g'alaba uchun bor kuchini sarflashiga ishonaman.

Sanol yakshanba kuni Berlinda top jamoa maydonga tushishi uchun qo'lidan keladigan barcha qilishiga shubha yo'q.

Yangi murabbiy? Ha, biz hozir nomzodlar ustida bosh qotiryapmiz. Ammo rasman malum bo'lmaguncha, biz bu haqida izoh bermaymiz. Yakuniy qarorni qabul qilganimizdan keyin albatta jurnalistlar bilan alohida matbuot anjumani tashkil etiladi.

Ha, mavsum startida murabbiyni almashtirish "Bavariya" uchun normal holat emas. Jamoada shunday holat kuzatildiki, biz istefo haqida qaror qabul qilishga majbur bo'ldik. So'nggi paytlarda jamoaning ichki muhitidagi nosog'lom kayfiyat natijalarga ham tasir ko'rsatayotgandi. SHu boisdan ham PSJga qarshi o'yin sabrimizning so'nggi tomchisi bo'ldi.

Bizga mavjud muammolarni bartaraf eta oladigan, qiyin vaziyatda kerakli qarorlarni qabul qiladigan ajoyib mutaxassis kerak. Albatta, bu kabi mutaxassisni hozir topish juda qiyin ish. Ammo biz kerakli murabbiyni topamiz.

"Bavariya" haqida qayg'urayotgan diqqatiga, sizlar bizdan havotir olmang! "Bavariya" ushbu qiyin vaziyatdan kuchlilarga chiqib ketishga qodir", - deydi Xasan Salixamidjich.


"Gerta"ga qarshi 7-tur uchrashuvidan keyin FIFA kunlari tufayli kichik tanaffus yuzaga keladi. Aynan ushbu kichik tanaffusda "Bavariya" o'zining yangi bosh murabbiyini elon qiladi.

Eslatib o'tamiz, klub prezidenti Uli Xyoness "Bavariya"ga bosh murabbiy sifatida Tomas Tuxelni taklif etishi haqida yozgandik.  Nemis matbuotining yozishicha, Tomas Tuxel bilan muzokaralar boshlangan va tez orada rasmiy malumot elon qilinadi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика