So’nggi yangiliklar

12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  0 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  3 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  8 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  21 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  4

Salim Mustafoev: “Penaltilar seriyasiga ham tayyor edik” Yangiliklar

Salim Mustafoev: “Penaltilar seriyasiga ham tayyor edik”

Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi o'z tarixida ilk bor O'zbekiston Kubogi sohibiga aylandi.
Jamoa himoyachisi Salim Mustafoev ham faoliyatidagi dastlabki yirik sovrinni qo'lga kiritdi. Final uchrashuvidan so'ng samarqandlik futbolchini suhbatga chorladik.

- Salimjon, avvalo qo'lgi kiritilgan muhim g'alaba bilan tabriklaymiz. “Lokomotiv” o'z tarixida ilk sovriniga erishdi. SHu bilan birga siz ham faoliyatingizdagi dastlabki sovringa ega bo'ldingiz. SHundaymi?
- Ha, chindan ham bu faoliyatimdagi birinchi yutug'im bo'ldi. Umid qilamanki, so'nggisi bo'lib qolmaydi va boshqa yutuqlarni ham qo'lga kiritaman.  

- Final haqida ko'pchilik turlicha fikr bildirmoqda. SHaxsan sizda o'yin qanday taassurot qoldirdi?
- Uchrashuv shiddatli va shu bilan birga murakkab kechdi. Bahsga qiziqish katta edi. Har ikki jamoa ham g'alaba ilinjida o'ynadi. CHunki Kubok egasi kelasi yil OCHLda o'ynash huquqini qo'lga kiritardi. Buni yaxshi tushungan xolda, faqat va faqat ijobiy natija uchun o'ynadik. Yaratganga shukur, muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Ochig'ini aytganda, har ikki jamoa extiyotkorlik bilan o'ynadi. CHunki tavakkal qilib bo'lmasdi.

- O'yinni 120 daqiqa davom etishini kutganmidingiz?
- Ha, shunday bo'lishini ikkinchi taymda sezgandim.

- Agarda qo'shimcha bo'limlarda ham hisob ochilmaganida navbat penaltilar seriyasiga kelardi. “Lokomotiv” bunga tayyormidi?  
- Albatta penaltilar seriyasiga tayyor edik deya olaman. Mashg'ulotlarda buning ustida ishlaganmiz.

- Tanaffus vaqtida bosh murabbiy sizlarga qanday ko'rsatmalar bergandi?
- Vadim Karlenovich to'pni ko'proq o'zimizda nazorat qilishimiz kerakligini uqtirdi.

- “Lokomotiv” bu yil chempion bo'la olmadi. Lekin Kubokni qo'lga kiritib, mavsumni har xolda qaysidir manoda ijobiy yakunladi deyish mumkin. Umuman olganda ortda qolgan mavsum haqida fikringiz qanday?
- Nima desam bo'ladi, birinchi davrani yaxshi o'tkazdik. Lekin ikkinchi davraning o'rtalariga kelib, ozgina pasayish kuzatildi. Umumiy olib qaraganda, mavsum ko'ngildagidek o'tdi.

- Jamoadagi kelgusi taqdiringizni qanday ko'ryapsiz?
- Klub bilan tuzgan amaldagi shartnomam shu yil poyoniga etadi. Bilmadim keyingi taqdirim qanday kechishini. Hozircha bu haqda o'ylab ko'rmadim.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика