Saka "Real" kambeklari haqida: "Umid qilamanki, bu "Arsenal" bilan sodir bo'lmaydi"
07 apr 20:54
Yangiliklar
Saka "Real" kambeklari haqida: "Umid qilamanki, bu "Arsenal" bilan sodir bo'lmaydi"
8 aprel kuni "Arsenal" Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida "Real"ga qarshi o'ynaydi.
– "Real"ga qarshi bahs sizning faoliyatingizdagi eng muhim o'yinlardan biri deb hisoblaysizmi?
– Menimcha, "Arsenal" safida, ehtimol, shunday.
Ishonchim komilki, ertaga muxlislar o'z vazifalarini alo darajada bajaradi va bu kechani "Emireyts" tarixidagi eng go'zal kechalardan biriga aylantirishga hissa qo'shadi.
Bu uchrashuv biz uchun juda katta ahamiyatga ega, chunki klub ketma-ket ikkinchi marta Chempionlar Ligasining chorak finaliga chiqdi. Shuning uchun ertaga biz yana bir qadam oldinga tashlashga harakat qilamiz.
Ha, raqibimiz – "Real" va biz ularning tarixi va erishgan yutuqlariga hurmat bilan qarashimiz kerak. Lekin bunga ortiqcha etibor qaratmaslik lozim, chunki ertaga maydonda hamma narsa bo'lishi mumkin.
Hammamiz ko'rganmiz, "Real" nimaga qodir ekanini, ularning o'yinlarini va kambeklarini guvohi bo'lganmiz. Umid qilamizki, bu narsa biz bilan sodir bo'lmaydi, – dedi "Arsenal" yarim himoyachisi Saka.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar