So’nggi yangiliklar

03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  27 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5

Sadriddin Abdullaev: "Faoliyatimni Kapadzega o'xshab chiroyli yakunlashni xohlayman" Yangiliklar

Sadriddin Abdullaev: "Faoliyatimni Kapadzega o'xshab chiroyli yakunlashni xohlayman"

"Paxtakor"dagi ikki yillik faoliyatdan so'ng Sadriddin Abdullaev yana "temiryo'lchilar" safiga qaytdi.

34 yoshli mohir yarim himoyachi klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida jamoaga qaytishi, yangi murabbiy, mavsum boshidagi omadsiz o'yinlar, jamoa sardori bo'lish haqidagi savollarga javob qaytardi. SHuningdek, futbolchilik faoliyatini qanday tugatmoqchi ekanligini malum qildi.

- CHempionat boshidagi to'rtta tur "Lokomotiv" uchun omadsiz o'tib, jamoa g'alaba qozona olmadi. Buni qanday izohlaysiz?

- Ha, to'g'ri mavsum biz uchun oson boshlanmadi. Avvaliga ikkita o'yinda mag'lub bo'lib, so'ngra ikki bor durang qayd etdik. Bilasiz, yil boshida jamoamizda portugaliyalik murabbiy Mikael Sekeyra ish boshladi. Yangi murabbiyning jamoaga, umuman o'zbek futboliga ko'nikishi uchun biroz vaqt kerak edi. Murabbiyning biz futbolchilardan nima xohlayotganini to'liq o'zlashtirishga vaqt kerak bo'ldi. Menimcha, shu sabab ham chempionat avvalida g'alaba qozona olmadik. Baribir Evropadagi mentalitet bilan bizniki orasida farq bor.


- Hozirgi paytga kelib murabbiy futbolchilarga va futbolchilar murabbiyga moslashdi desa bo'ladimi?

- Ha. Buni oxirgi natijalar ham aytib turibdi. Ko'z tegmasin, safarda "Surxon"ni yutib kelganimizdan so'ng buyog'iga hamma o'yinlarda zafar quchdik. CHempionatda uch bor, Kubok o'yinlarida ham uch marta g'alabaga erishdik. Hozir ancha o'z o'yinimizni topib oldik. Lekin bu hammasi zo'r ketyapti degani emas, hali ishlaydigan jihatlarimiz ko'p.


- Muxlislar evropalik murabbiyga boshqacha qarashadi. Mana, siz hozir Mikael Sekeyra qo'l ostida o'ynayapsiz, "Paxtakor"da esa SHota Arveladze bilan ishlab ko'rdingiz. Xorijlik murabbiylar nimasi bilan ajralib turadi?

- Baribir ularda dunyoqarash va futbolga etibor boshqacha. Menimcha, Evropada futbolchilar murabbiy nima xohlayotganini bittada tushunib olishadi, bizning o'yinchilarga esa vaqt kerak bo'ladi.


- Bu nima bilan bog'liq? 

- Menimcha, Evropada futbolchilar yoshlikdan shunga moslab boriladi. Bu o'rinda bolalar futbolida ham gap ko'p. Bazan mayda detallar ko'p narsani hal qiladi. Biz bazi jihatlar, masalan, qachon pas berish, qachon pressing qilish, qachon kurashga kirishish, qachon to'pni kutish kabilar bo'yicha evropaliklardan orqadamiz. Agar hammasi avvalo bolalar futbolidan to'g'ri yo'lga qo'yib borilsa, bolalar katta bo'lgach qiynalmay o'ynaydilar.


- "Lokomotiv" Superliga boshidagi to'rtta o'yindan birontasida g'alaba qozonishi mumkinmidi?

- Hamma o'yinlarda yutishimiz mumkin edi. Lekin futbolchilarda yangi murabbiyga o'zimni ko'rsataman deb ishtiyoq haddan ziyod ortib ketdi. Masalan, safarda "Turon"ni bemalol sovuqqonlik bilan o'ynab yutib kelsak bo'lardi. Lekin tezkor ikkita gol o'tkazib yuborgach, shoshib qoldik. Keyin hisobni tenglashtirgan bo'lsak-da, g'alaba qozonish uchun nimadir etmadi. Yoki bo'lmasa o'z maydonimizda "Navbahor" bilan bahsni olaylik. Bunda ham shoshma-shosharlikka yo'l qo'yildi, buning oqibatida xatolar yuzaga keldi. 


- Termizda "Surxon" mag'lub etilgani muhim rol o'ynadimi?

- Ha. Buning ustiga safardan uch ochko bilan qaytganimiz ham katta dalda berdi. Kayfiyat birdaniga ko'tarilib, o'zimizga bo'lgan ishonch ortdi. Mana shu ishonch sabab uyda "Bunyodkor"dan ustun keldik. Mana endi sekin-asta murabbiyimiz berayotgan ko'rsatmalarga to'liq amal qilib, g'alaba qozonishga harakat qilyapmiz.


- Sizningcha, jamoa sardori boshqa futbolchilardan qanchalik farq qiladi?

- Men uchun sardor bog'ichni qo'liga taqib yursa bo'ldi degani emas. Jamoa sardori avvalo murabbiyning maydondagi birinchi yordamchisi. U jamoani o'yin payti boshqara olishi, futbolchilarni musht kabi bir joyga yig'a olishi darkor. Murabbiy har bir futbolchi oldiga kelib bitta-bitta gapirib o'tirmaydi, u butun jamoaga gapiradi. SHunaqa payt sardor har bir futbolchi bilan o'zi gaplashib olishi kerak.


- O'tgan yil shunday gaplar chiqdi: Sadriddin Abdullaev ham endi futbolni tugatsa bo'laveradi, yoshi ham o'tyapti. Ammo ko'ryapmizki, hamon kuchga to'lasiz. Umuman bunday gap-so'zlarga qanday qaraysiz? 

- Oddiy qarayman. Futbolda bunday gaplarni eshitish yosh o'tgan sayin hamma futbolchi bilan yuz beradi. SHu bois men haqimdagi gap-so'zlarga ham oddiy munosabatda bo'laman. Lekin bu degani ikki qo'limni ko'tarib taslim bo'ldim degani emas. Toki kuchim bor ekan to'p tepishga, futboldan yana zavq olishga harakat qilyapman. Endi yosh bola emasman va buni juda yaxshi tushunib turibman. Qolaversa o'tgan yilgi jarohat ham o'z tasirini ko'rsatmay qolmadi. Yil boshida "Lokomotiv"ga qaytgach, o'zimga o'zim so'z berdim: agar jamoadagi futbolchilar bilan tengma-teng ishlay olsam, futbol o'ynashda davom etaman, mabodo raqobatda yoki mehnatda orqada qolayotganimni sezsam futbolni tugatib murabbiylikka o'taman. Xudoga shukur, hozir kuchim etyapti va oyoqlarim turib berguncha futbol o'ynashda davom etmoqchiman. Men uchun futbolni tugatish muammo emas, ammo o'yindan zavq olayotgan bir paytda bunga zarurat yo'q deb o'ylayman. 


- Demak, ishtiyoq hali so'ngani yo'q.

- Bilasizmi, faoliyatim davomida ko'p marta jarohatga yo'liqqanman. SHu bois sog' paytimda o'ynab qolay deyman. Baribir futbol o'ynash zo'r narsa, hammaga zavq ulashadi. Ko'pchilik jamoaga kattalar kerak emas, yoshlarga urg'uni beraverish kerak deb aytadi. Lekin mening fikrimcha, chempionatda qatnashadigan har klubda yoshi katta, tajribali futbolchilar bo'lgani maqul. CHunki bu yoshlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Sekin-sekin biz tengi futbolchilar ham o'z faoliyatlarini yakunlamoqda. Vaqti kelib men ham tugataman.


- Faoliyatingizni qanday yakunlash siz uchun muhimmi? 

- Ha, hamma gap shunda. Aslida faoliyatimni qanday yakunlashni o'ylaganim uchun ham "Lokomotiv"ga qaytdim. "Paxtakor"dan ketib boshqa jamoada o'ynasam ham bo'lardi, lekin bu o'rinda menga Timur Kapadze tutgan yo'l maqul kelib, unga o'xshab faoliyatni tugatishni maqsad qildim. Timur aka "Lokomotiv"da o'ynab chempion bo'ldi va juda chiroyli tarzda faoliyatiga yakun yasadi. Nasib qilsa men ham Kapadzega o'xshab chempion bo'lgan holda futbolni chiroyli tugatib, so'ngra murabbiylik kasbini boshlayman.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика