Sadoqatlilar sadoqatlisi kim?
17 noy 2021 22:54
Yangiliklar
Sadoqatlilar sadoqatlisi kim?
Futbol olamida sadoqat deganda, ko'z oldimizga Franchesko Totti, Rayan Giggz kabi futbolchilar keladi. Ular o'z jamoasi boshiga qora bulutlar kelganida ham, shodiyona kunlarida ham hamisha birga bo'lishgan, klub uchun jon fido qila olgan. Hozirda esa bu kabi ehtiromni uchratish amri mahol. Hattoki, Lionel Messi ham bazi sabablar tufayli bo'lsa-da, jamoasini o'zgartirdi. Keling, Top-5 chempionatda faqatgina bir klub safida uzoq vaqt davomida butun faoliyatini o'tkazgan futbolchilarni yodga olamiz.
Izoh: Ushbu ro'yxatda1990 yildan keyingi ko'rsatkichlar qayd etilgan, shuningdek, Xavi, Inesta singari klubini o'zgartirgan futbolchilar ham kiritilmagan.
10. Kristian Fidler — 1993-2009 (Gerta, Germaniya) — 16 yil, 234 o'yin

9. Toni Xibbert — 2000-2016 (Everton, Angliya) — 2000-2016 (Everton, Angliya) — 16 yil, 265 o'yin

8. Gari Kelli — 1991-2007 (Lids, Irlandiya) — 16 yil, 430 o'yin

7. Jeymi Karrager — 1996-2013 (Liverpul, Angliya) — 16 yil, 508 o'yin

6. Loik Perren — 2003-2020 (Sent-Eten, Franciya) — 17 yil, 391 o'yin

5. Janpaolo Bellini — 1998-2016 (Atalanta, Italiya) — 18 yil, 396 o'yin

4. Gari Nevill — 1992-2011 (Man Yunayted, Angliya) — 19 yil, 400 o'yin

3. Pol Skoulz — 1994-2013 (Man Yunayted, Angliya) — 19 yil, 499 o'yin

2. Rayan Giggz — 1990-2014 (Man Yunayted, Uels) — 24 yil, 672 o'yin

1. Franchesko Totti — 1992-2017 (Roma, Italiya) — 25 yil, 619 o'yin

Oqil Abdubarnoev tayyorladi
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar