So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  21 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

"SA"da 1 aprel (2 QISM) JURNALISTLARGA sherlar!!! Yangiliklar

"SA"da 1 aprel (2 QISM) JURNALISTLARGA sherlar!!!

"DAVR" FK-25 va Mexanik - 14 tomonidan taqdim etilgan sherlarni berishda davom etamiz.

Aqlini bilmadimu lekin bo'yi kichkina,
Ish vaqti boshlansa xam yuraveradi tinchgina.
Kasbi operatorda ko'raverib ko'z pishib,
ILHOM futbolni rosa ketgandura tushunib.

Avval yuzer edi bizdek, endi admin bo'ldi u.
Hamma taniydi uni yo tanimaydimi birov?
FK Davrni "DAVR" FK-25 qilgan ham u,
Yuzer bilan yuzercha gaplashar, HUMOYUN DOVUROV.

Boshqalar-ku xabarni tayyor saytdan oladi,
Bu adminniki qiyin, axir u qaydan oladi?
Hammada ham sayt yo'q-ku, hatto oliy ligada,
U qanday xabar yig'yapti ekan 1-ligada?
"CA" super, "CA" zo'r deyavermasdan har gal,
ISLOMBEK RUSTAMBEKOVni ham eslab qo'ying sal-pal!

Tungi translyaciyalar faqat unga atalgan,
Balki u, uyqusizlik kasaliga chalingan?
Yo'q, aslida biz uchun uyqusidan kechganov,
Bu mening fanatdoshim bo'lar, SHAXBOZ BEG'AMOV!

Bu adminning prevyu yozishiga tan berdim,
APL prevyusi chiqsa qiziqib kirdim.
O'ziga xos, o'zgacha sharhlar ekan betakror,
APLda kimga fanat ekan, QODIROV ABROR?

Bundesliga xaqida hech narsa bilmaganlar,
Bitta prevyusini o'qib ko'ringlar!
Barcha malumotlar jam, biz bilgan-bilmaganlar,
Men uchun super admin, AKRAMXONOV ZOHIRJON!

“CA”ga shogird bo'lib kelgan yaxshi niyatda,
Ertalabki rasmlarni qo'yadi hozir saytda.
Ustozlari tunda qo'yishniyam o'rgatyaptiyov,
Yaxshilab o'rganing-a, AZIZ TO'XTAMURODOV.

Bu yoqda “Sony”da omad hech kelmayapti,
U yoqda yoqtirgani “MYU” rasvo qilyapti.
“MYU” yutar, balki u “Sony”da yutsa qachon,
Maqsadingiz aslida nima, TOLIBJON?

Adminlarni ichida "kostolom" ham bor ekan,
"Kostolom"da "zarejonniy" degan nom ham bor ekan.
Yoshi kichik bo'lsa-da bo'yi naq mirzaterak,
Bu OMONJON TO'XTAMIRZAEV bo'lsa kerak.

Bu adminni “fifa.uz”chilar yaxshi bilar,
Yaqinda "uylanish mumkin" degan SMS olar.
Uning o'zi "Real" Madrid va Ronalduga fanat,
Ronalduga ochko qo'shib qo'ymang-a, yana MARAT!

Bir qo'lida diktofon, bir qo'lida fotoapparat,
Qachon ko'rsak stadionda yuradilar, u faqat.
SHunda xam maqola yozishni qilmaydilar kanda,
Kim biladi, shu akaning niki nima ekan-a?
Menimcha, u agentni uncha xushlamaydiyov,
Nikingiz nima, sizni XAYRULLA XOLIQOV?

Prevyuda xolislik shunchaki so'z sanati,
Uning o'zi aslida “Yuventus”ning fanati.
So'kishlaridan xatto Konte ham deganmish dod,
“A-Seriya” prevyuchisi NAZAROV BEHZOD!

Xorijdagi futbolchilardan "otdushiy" intervyular,
Bosib-bosib chiqarolmas Sizdan boshqa birov.
"Gril klub"ga qandayin azo bo'ladilar?
Bilmaysizmi, mabodo KAMOLIDDIN ALIMOV?

Hamma yuzerni tanir-u, maskalar hech o'tmaydi,
Bu adminga bundayin nayrangingiz ketmaydi.
U bilan gaplashganda ishlating sal kallani,
Kimni aytyapti deysizmi? SAYDULLAEV NARZULLANI!

Kimdir uni hattoki "nervinniy" degan edi,
Uning o'rnida boshqasi tentak bo'lib ketardi.
O'zimiz bir yuzer bilan kelisholmaymiz-ku,
Minglab yuzerlar bilan qanday kelishyabdi, u?
Qancha tanqidu, tuhmat, dashnomlarni ketidan,
Bitta rahmat eshitsa, quvonar mehnatidan.
Jussasi kichigu, lek sabri go'yo ekan "dev",
Ha endi chidaysiz-da, NODIRXO'JA YULDASHEV!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика