So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  18 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

"SA" "Klassiko" oldidan. Abror Qodirov: "Klassiko"dan so'ng hakamlar qarorini emas, o'yinni muhokama qilaylik" Yangiliklar

"SA" "Klassiko" oldidan. Abror Qodirov: "Klassiko"dan so'ng hakamlar qarorini emas, o'yinni muhokama qilaylik"

"SA" ijodkorlarining "El Klassiko" oldidan bo'lajak o'yin haqidagi fikrlari bilan tanishtirishda davom etamiz.
Demak, savollar o'sha-o'sha:

1. "Klassiko"dan nimalarni kutyapsiz?
2. Bugungi o'yin qanday natija bilan nihoyasiga etadi deb o'ylaysiz va nima uchun?

Abror Qodirov

Yo'q, shunaqa qilish shartmi-a? Zamonaviy futboldagi, zamonamiz futbolidagi eng qiziqarli o'yinlardan birini, albatta yakshanba kuni yarim tunga belgilash kerakmi? O'yin tungi (yoki tonggi deymi?) 03:00ga yaqin tugaydi. Orada uch soat mizg'ib olib, keyin o'qish va ishga yo'l olamiz va ish haftasini mudragan ko'zlar bilan, lanj va behafsala boshlaymiz. Ispaniya futbol federaciyasi tomon eng zargarona so'zlarimni armug'on etgum!

Yana bir boshqa masala bor. Bu o'yinni qaysi kanaldan ko'ramiz? SHaxsan men uchun bu - kun savoli. Suyukli Sport TV ushbu o'yinni namoyish etmasligini tantanali ravishda elon qilib bo'ldi. Barcha umid  “NTV+futbol”dan edi. Bu kanal ham o'yinni namoyish etmasmish. “NTV+futbol2”da qo'yilrkan. Kaminaning telefizori bunisini ko'rsatmaydi. On-layn ko'ramiz shekilli. Internetga tezlik, o'zimizga sabr tilagan holda.

1. “Klassiko”dan, avvalo, birinchi planga hakam chiqmasligini, uchrashuvdan keyin hakamlar qarorini emas o'yinni muhokama qilishimiz uchungina sabab bo'ladigan, shiddatli, chiroyli, tezkor, hujumkor, gollarga boy bahs kutyapman. Endi-i, shuncha traffikni baxridan o'tvorgandan keyin, shunaqa zo'r narsalarni kutishga haqilimizam-da, alabbay?)



2. Madrid klubiga mavsum avvalida barqarorlik etishmayotgandek edi. Bu tushunarli hol albatta. Karlo ota jamoani o'z uslubiga moslayotgandi, ko'niktirayotgandi va asta-sekinlik bilan o'z o'yin falsafasini singdirayotgandi. 

2014 yil boshidan buyon “Real” haqiqatda-da kuchli, ishonchi va barqaror o'yin namoyish etib kelyapti. Jamoaning hozirgi sport formasi alo darajada. “Barselona” ikkinchi davrada o'sha barqarorligini yo'qotgandek. Lekin so'nggi ikki o'yinda juda ishonchli o'yin ko'rsatgani ham rost.

Bu o'yin hech kimga chempionlikni taqdim etmasligi mumkin, lekin “Real”ning g'alabasi “Barsa”ni bu poygada ancha ortda qodirib yuborishi aniq. SHudoq ekan Anchelotti shogirdlaridan farqli o'laroq, hafta o'rtasida CHempionlar Ligasi o'yinini  o'tkazmagan va to'liq bir hafta faqat shu o'yinga tayyorlanagan “Barsa” “Santyago Bernabeu”da g'alaba uchun o'ynashi tayin. Lekin baribir, Narzulla aytganidek, real olib qaraganda, “Real”ning g'alabasi reallikka yaqinroqdek.

Munosibi yutsin. “Menga nima?” (s).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика