So’nggi yangiliklar

08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  2 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  4 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  18 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  25 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6

Rustam Umarov: “Rossiyada menga fuqarolikni taklif qilishgan” Yangiliklar

Rustam Umarov: “Rossiyada menga fuqarolikni taklif qilishgan”

Futzal terma jamoamiz sardori, o'tgan mavsumni Qozog'istonning “OzenMunayGaz” jamoasi tarkibida o'tkazgan darvozabon Rustam Umarov ayni paytda Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bilan birga.
Bugungi suhbatdoshimiz o'zbek futzalining eng ko'zga ko'ringan yulduzlaridan biri – Rustam Umarov.

-   Odatga ko'ra, dastlab futzalga qanday qilib kirib kelganingiz haqida gapirib bersangiz?
-   2001 yil Namangan davlat jismoniy tarbiya universitetiga o'qishga kirganman. O'sha yili universitetda “Lochin” futzal jamoasini tashkil qilishdi. Bu jamoaning futzal bo'yicha oliy ligada ishtirok etishiga ruxsat berishdi. “Lochin” jamoasiga meni chaqirishdi va men o'zimni sinab ko'rish uchun bu taklifni qabul qildim. Ungacha esa katta futbol bo'yicha O'zbekiston birinchi ligasi vakili “Mingbuloq” jamoasi tarkibida o'ynab yurganman.
“Lochin” tarkibida turnirlarda qatnashdim. Murabbiylar etiboriga tushdim va meni terma jamoaga chaqirishdi. Bu 2001 yil oxiri va 2002 yil boshlarida edi. SHu tariqa, universitet jamoasi tarkibida o'ynab yurib mini futbolga kirib keldim.



-   Keyingi faoliyatingiz qay yo'sinda kechdi?
-   2002 yilda terma jamoa bilan Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Indoneziyaga bordik. Undan so'ng, Qozog'istonda bo'lib o'tgan turnirda qatnashdik. O'sha turnirda murabbiylar nazariga tushdim va meni Qozog'istonga taklif qilishdi. Ostonaning “Aksauit” jamoasiga bordim. U erda 2 yil to'p tepdim va 2004 yilda O'zbekistonga qaytib keldim. O'sha yili Zarafshonda “Stroitel-Zarafshon” jamoasi tashkil qilindi. Juda yaxshi sharoitlar, imkoniyatlar, moliyaviy tomondan ham Qozog'istondagi bilan deyarli bir xil taklif bilan chiqishdi. SHuning uchun ham o'z uyimda o'ynashni maqul ko'rdim. “Stroitel-Zarafshon” jamoasida 2008 yilgacha to'p tepdim. 4 yil ketma-ket ikkinchi o'rinni olganmiz, lekin chempion bo'lish nasib qilmagan.

-   Rossiya chempionatiga qanday borib qolgansiz?
-   2008 yil terma jamoa bilan yig'in o'tkazish uchun Rossiyaga bordik. O'sha erda yig'in va o'rtoqlik o'yinlarimiz davomida maxalliy murabbiylar etiboriga tushdim. Ufaning “Dinamo-Timal” jamoasi bilan shartnoma imzolab, u erda bir yil o'ynadim. 2008-2009 yilgi mavsumda ufaliklar safida barcha o'yinlarda asosiy tarkibda o'ynadim. O'zimni yaxshi tomondan ko'rsata olganim uchun Moskvaning CSKA klubidan taklif oldim. “Armiyachilar” elit jamoa bo'lgani uchun darxol taklifni qabul qildim. 2009-2010 yilgi mavsumni CSKA tarkibida o'tkazdim.

-   CSKAdagi faoliyatingiz davomida ko'p narsa o'rganganman deya kimlarni ko'rsata olasiz?
-   Jamoaning o'sha paytdagi asosiy darvozaboni Oleg Tolstixindan juda ko'p narsa o'rgandim, darvozabonlar bo'yicha alohida murabbiyimiz bo'lardi. Undan ham ko'p jihatlarni o'zlashtirganman.

-   CSKAdan nima sabab ketdingiz?
-   Ochig'i hujjatlar bilan bog'liq muammo chiqdi. Rossiya chempionatiga Braziliya, Portugaliya, Ispaniyadan legionerlar kela boshladi, bu esa raqobatni kuchaytirib yubordi. Ular ancha kuchli va katta mablag' evaziga kelishadi. SHuning uchun ularning asosiy tarkibda tushish ehtimoli katta. U erda qolib raqobatlashish juda ham qiyin. Keyin ular menga fuqarolik qabul qilishni taklif qilishdi. Men esa ularning taklifini qabul qilmadim, faqatgina O'zbekiston terma jamoasi uchun o'ynashimni aytdim.

SHu tariqa, 2010 yili “Ardus”ga qaytdim va O'zbekiston chempioni bo'ldim. Osiyo chempionlar ligasida 2011 yil guruhdan chiqa olmaganmiz. 2011-2012 yilgi mavsumni ijara asosida “Bunyodkor”da o'tkazdim. 2012 yil Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish uchun yana “Ardus” safiga qaytdim. CHempionlar ligasida juda ham omadli ishtirok etdik. O'sha paytda jamoada Aleksandr Petrov bosh murabbiy, Xose Mendez esa yordamchi edi. Muvaffaqiyatli o'yinlardan so'ng finalda Eronning “Giti Pasand” jamoasi bilan baxs olib bordik. Juda chiroyli o'tgan uchrashuvda forslar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Biz esa imkoniyatlarimizning juda ko'pidan foydalana olmadik.



CHempionlar ligasidan keyin “Ardus” yangidan jamoa tuzishni boshladi, yoshlarga imkon berib tajribali futzalchilarning barini qo'yib yubordi. Men 2012-2013 yilgi mavsumni “Lokomotiv” safida o'tkazdim. U erda ham chempion bo'ldik. 2013 yilda esa Qozog'istonning “OzenMunayGaz” klubidan taklif tushdi va men bu taklifni qabul qildim. 2013-2014 yil mavsumni o'sha erda o'tkazdim, afsuski jamoa pley-offga yo'llanma beruvchi dastlabki to'rt o'ringa ilina olmadi. O'z-o'zidan biz uchun mavsum yakunlandi. SHuhrat Tojiboev va men Toshkentga qaytib keldik. Nodir Eliboev esa sog'lig'i bilan bog'liq muammolar sabab ertaroq qaytib kelgan edi.

-   “OzenMunayGaz” bilan shartnomangiz tugadimi?

-   Ha, shartnoma muddati o'z nihoyasiga etdi. Toshkentga qaytib kelganimda O'zbekiston chempionatining pley-off o'yinlari boshlanay deb qolgandi. Abdulla Bo'riev meni “Bunyodkor”ga chaqirdilar, ayrim bandlarni kelishib olganimizdan so'ng “qaldirg'ochlar” bilan 3 oylik shartnoma imzoladim.

-   2012 yilda dunyoning eng yaxshi futzal darvozaboni nominaciyasiga nomzodingiz qo'yilgan edi.

-   O'sha yili Osiyo chempionlar ligasida “Ardus” tarkibida o'zimni ko'rsata olgan edim. Aynan CHempionlar ligasidagi ishonchli o'yinim tufayli yilning eng yaxshi darvozabonilikka nomzodimni qo'yishgan. Bu qandaydir yoqimli edi. Yakunda Italiyalik Stefano Mammarella eng yaxshi bo'lgan, men kuchli o'ntalikka kirganman.

-   Rossiyadagi faoliyatingizda ko'plab yulduz futzalchilar bilan to'qnash kelgansiz. Ulardan o'rgangan jihatlaringizni murabbiylik sohasida qo'llashga harakat qilasizmi?
-   Har bir sportchi sportchilik faoliyatidan so'ng o'ziga ish izlaydi. SHaxsan men o'zimni kelajakda murabbiy sifatida ko'rayapman. Mana uchinchi yildirki, havaskor jamoaga murabbiylik qilayapman. Faqatgina bu mavsumda Qozog'istonda o'ynaganim uchun terma jamoa azosi Konstantin Sviridov asosiy murabbiy sifatida ishlamoqda. Men esa darvozabonlar murabbiyiman, mashg'ulotlar davomida 15 daqiqa faqat darvozabonlar bilan ishlayman.

-   Bizning jamoalarda darvozabonlar murabbiyining yo'qligi natijalarga qanchalik tasir ko'rsatadi?
-   Hech ikkilanmasdan juda katta tasir qiladi deb ayta olaman. Har bir jamoada darvozabonlar murabbiyi bo'lishi shart deb hisoblayman. CHunki, darvozabon ham o'yinchilar singari o'z ustida ishlamasa, murabbiy uni shug'ullantirmasa o'sishga erisha olmaydi.

-   Mini futbol maktablari haqida nima deya olasiz?
-   Rossiyada futzal maktablari juda ko'p, ulardan iqtidorli yoshlar doimiy tarzda etishib chiqadi. SHuning uchun ham avlodlar almashinuvi davri ortiqcha talofatlarsiz o'tadi. Bizda esa bunday maktablar yo'q. Hozir “Ardus” o'z maktabini ochgan, lekin bu etarli emas. O'zbekistonda ko'pchilik mini futbolga katta futboldan kirib keladi. Bu umuman boshqa sport turi, maydon hajmi ham, o'ynash texnikasi ham umuman boshqacha.

-   Vetnamda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatidagi raqiblarimiz haqida fikringiz?
-   Osiyo chempionatining saviyasi har yili o'sib bormoqda. Terma jamoalarning deyarli barchasida oldinga intilishni kuzatish mumkin, yangi o'yinchilar etishib chiqmoqda.
Janubiy Koreya kuchli jamoa, 2004 yilgi birinchilikda 1:4 hisobida ortda borayotib 5:4 hisobida yutib ketganmiz. Juda qiyin o'yin bo'lgan. Qizg'iziston hamisha yaxshi jamoa bo'lgan. Ularni chempionatlari, yaxshi futzalchilari va tajribali murabbiylari bor. Yaponiyaga esa ortiqcha tarif shart emas. Ular amaldagi Osiyo chempionlari hisoblanadi.
 


-   O'zingiz birga yoki qarshi o'ynagan futzalchilardan kimlarni alohida tilga olasiz?
-   Rossiya chempionatida o'ynar ekansiz juda ko'plab yulduzlar bilan to'qnash kelasiz. Men asosan darvozabonlarning harakatlariga etibor qarataman. Rossiya terma jamoasi darvozaboni braziliyalik Gustavo, Sergey Zuev, Oleg Tolstixin kabi darvozabonlardan ko'p jihatlarni o'rganganman. O'yinchilardan esa “Qayrat” azosi Joan, Rossiya terma jamoasi o'yinchisi Eder Limalarni aytishim mumkin.

Eronlik Vohid SHamsayi ham juda kuchli futzalchi. Har bir qita birinchiligida u bilan do'stona munosabatda bo'lamiz, do'stlashib olganmiz. Unga qarshi o'ynash juda ham qiyin edi, hozir esa u biroz qaridi va endi unga qarshi biroz osonroq.

-   O'zbekistonlik futzalchilardan kimlar Rossiyada o'ynab keta olishi mumkin?
-   Ochig'i, Rossiya chempionati juda ham kuchli, u erda yulduzlar o'ynaydi. Artur Yunusov, Dilshod Irsaliev, Nodir Eliboev kabi o'yinchilar Rossiya oliy ligasida o'ynay olishadi, lekin super ligada emas. Super ligada o'ynash juda va juda qiyin.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика