So’nggi yangiliklar

15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  2 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  2 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  1 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  7 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  12 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  27 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5

Rustam Nartajiev: "Angliyada kun yaxshi o'tyapti" Yangiliklar

Rustam Nartajiev: "Angliyada kun yaxshi o'tyapti"

Xabaringiz bor, ayni paytda "Lokomotiv" futbol klubining ikki nafar tarbiyalanuvchisi Angliya birinchi divizioni vakili "Flitvud Taun" safida o'z mahoratlarini oshirmoqda.

Bular - darvozabon Rustam Nartajiev va himoyachi Sergey Proxorov. Har ikkala klubning o'zaro hamkorligiga ko'ra, futbolchilarimiz u erda uch oy malaka oshirishadi.

O'zbekistonlik futbolchilar "Flitvud Taun"da Berri Nikolson qo'l ostida mashg'ulotlarda ishtirok etishyapti. Yaqinda yosh darvozabonimiz Rustam Nartajiev "Flitvud Taun" klubi rasmiy saytiga intervyu berib, Angliyadagi hayoti haqida gapirib berdi.

"Menga bu erdagi hayot yoqyapti. Mashg'ulotlarda astoydil ishlayapmiz. Qolaversa, bazi paytlarda yosh bolakaylarni shug'ullantiryapman. Avvallari bolalar bilan birga ishlamagandim va bu ish menga yoqib qoldi. Ehtimol, shu narsa sabab bo'lib faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishlasam ajab emas".

"Proxorov ikkalamiz bu erga 18 sentyabr kuni kelgandik. SHundan beri oradan bir oy vaqt o'tdi va hozircha aslo zerikkanimiz yo'q. Menga Angliyaning ob-havosi ham maqul keldi. Bu erda havo bizga nisbatan ancha iliq ekan. Jamoadoshlarim Seryoga ikkalamizga ko'p narsa o'rgatishyapti: mahalliy urf-odatlar, ingliz tilida gapirish. Hozir inglizchani ancha yaxshi o'rganib oldim".

"Bu erdagi mashg'ulotlar juda og'ir ekan. O'zbekistonda har kunlik mashg'ulot deyarli bir xil davom etadi. Angliyada esa har kuni har xil mashqlarni bajaramiz va bu menga yoqyapti".

"Bizda kuniga bir mahal mashg'ulot bo'lardi, bu erda esa bazan bir kunda uch marta shug'ullanamiz. Men har kuni o'zimda o'zgarishlarni va o'sishni his qilyapman. Bu erda o'rganayotganlarim keyinchalik juda asqotadi deb o'ylayman".


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика