So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  6 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  18 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  409 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  2 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Rustam Mirsodiqov: "To'p nima uchun darvozaga kirmadi? To'pdan so'rash kerak" Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: "To'p nima uchun darvozaga kirmadi? To'pdan so'rash kerak"

"Olmaliq" - "Metallurg" (3:2) uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Unda birinchi bo'lib mehmonlar ustozi Rustam Mirsodiqov qatnashdi.

"Avvalo yangi stadion bilan barchani tabriklayman, juda ko'p muxlislar uchrashuvni ko'rish uchun keldi.

"Metallurg"ning maqsadi Bekobod xalqiga yoqadigan o'yin namoyish etish. Agar bugun SHahzodbek Nurmatov oxirigacha o'ynaganida natija bunday bo'lmasdi deb o'ylayman. Bundan tashqari uchta futbolchimiz tibbiy ko'rikdan o'ta olishmadi.

Jismoniy tomonlama yaxshi o'ynadik, agar hakam bugun 10 daqiqa qo'shib berganida hisobni tenglashtirishimiz mumkin edi (kuladi).

SHoxnazar Norbekovni ikki yil oldin Viktor Jalilov tavsiya qilgandi. Uni sinab ko'rib dastlab o'rinbosarlar safida, keyin o'tgan yil asosiy tarkibga jalb qila boshladik. O'tgan yil Ahmadjon Musaev Norbekovni terma jamoa yig'inlarga chaqirgandi. Qishda unga "Bunyodkor"dan taklif tushdi, biroq o'zi Bekobodda o'ynashni istadi.

Bugun men shogirdlarimga ochiq o'yin namoyish etishni tayinladim. Sababi o'yinni ko'rish uchun juda ko'plab muxlislar kelishgan, ularga yoqadigan hujumkor bahs o'tkazishga urindik.

To'p nima uchun darvozaga kirmadi? Buni to'pdan so'rab ko'rish kerak (kuladi)

"Metallurg" safida eng yaxshi o'yin ko'rsatgan futbolchi deb Alisher Ziyovuddinovni aytgan bo'lardim.


Xayrulla Xoliqov yozib oldi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика