So’nggi yangiliklar

16:27"Манчестер Юнайтед" Муҳаммадали Ўринбоевнинг жамоадоши билан келишиб олди — Here We Go!  2 16:10"Астон Вилла" МЮ футболчисини ижарага олмоқда  0 15:54Бруну Фернандеш 2020 йилдан бери АПЛда барча ярим ҳимоячилардан кўпроқ гол урди  0 15:29Манба: Паулу Бенту ЎФА таклифини рад этиши мумкин  26 15:01Расман: "Байер" Бундеслига 2 туридан кейин Тен Хагни ишдан бўшатди  7 14:44Алексис Санчес Ла Лигага қайтмоқда  0 14:18"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go!  1 13:54"Арсенал" 14 йилдан бери "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этолмаяпти  0 13:2239 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди  2 12:54Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go!  1 12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  1 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  3 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0

Rustam Mirsodiqov: "Oldinda hali javob o'yini bor" Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: "Oldinda hali javob o'yini bor"

O'zbekiston Kubogi nimchorak finali dastlabki bahsi “Andijon” va “Metallurg” (3:1) uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida bekobodliklar ustozi Rustam Mirsodiqov ishtirok etdi.
- O'yin qanday kechganligini o'zlaring ko'rdinglar. Kubok uchrashuvi bo'lani bois bugun men ko'proq zaxirada o'tirgan futbolchilarga o'ynash imkoniyatini berdim. Buni tarkibimizda kimlar o'ynaganidan ham bilsa bo'ladi. Ushbu o'yin orqali zaxiramizdagi futbolchilarni tekshirib ko'rdik. Ertaga o'yin videoyozuvini ko'rganimdan so'ng uchrashuvni tahlil qilib kerakli xulosalarni chiqarishim mumkin. Bugun yutqazdik, shu bois o'yindan qoniqdim deya olmayman. Zaxira qolib ketayotgan o'yinchilar bunday imkoniyatdan foydalanib o'zlarini ko'rsatishlari kerak edi. Lekin unday bo'lmadi.
- Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Javob bahsida bugun o'ynay olmagan asosiy futbolchilarimizni maydonga tushiraman. O'z maydonimizda kerakli natijaga erishishga harakat qilamiz. Hozircha ustunlik andijonliklar tarafida. To'g'ri, chempionatda “Andijon”ni o'z uyimizda 5:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdik. Bugun esa ularning qo'llari baland keldi. “Andijon”ni kuchsiz jamoa deb o'ylamayman. O'tgan turda ular Jizzaxda “So'g'diyona”ni engib qaytishdi. Futbolda oldindan bir nima deb bo'lmaydi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика