So’nggi yangiliklar

19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  2 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  2 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  4 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  101 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1

Rustam Mirsodiqov: G'alabaga haqli edik... Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: G'alabaga haqli edik...

“Metallurg” – “Bunyodkor” jamoalari uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqovning o'yin haqidagi fikrlariga qiziqdik.
Rustam Mirsodiqov, “Metallurg” FK bosh murabbiyi: “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuv oldidan tarkibimizda jiddiy muammolarga duch keldik. Kutilmagan falokat bois tajribali himoyachimiz Davron Karimqulov shifoxonaga tushib qoldi. Islom Isoqjonov esa to'rtta sariq kartochka tufayli bu o'yinni o'tkazib yubordi. Va nihoyat uchrashuvga ikki kun qolganda mashg'ulotlar jarayonida yana bir tajribali himoyachimiz Mirg'iyos Sulaymonov oyoq paylarini cho'zib oldi.

Boshlang'ich tarkibni shakllantirish borasida jiddiy bosh qotirishimizga to'g'ri keldi. Har ikki qanot himoyasidagi bo'shliqlarni to'ldirish uchun yarim himoyachilardan foydalanishga majbur bo'ldik. SHu boisdan ham birinchi bo'limda futbolchilarimiz katta hayajon ostida harakat qilishdi va tashabbus mehmonlar tomonida bo'ldi.

Ikkinchi taymda esa o'zimizga keldik. O'yinni tenglashtirib oldik va birinchi bo'lib gol kiritdik. G'alabaga yaqin turgandik, afsuski so'nggi soniyalarda futbolchilarning charchab qolganligi, zahirada teng kuchli raqobatchilar kamligi hamda futbolchilarimizda konsentraciyaning yo'qolganligi bois yutuqni qo'ldan boy berdik. Ammo bunday nomdor raqibga qarshi o'yinda durang natija ham biz uchun yutuqqa teng. Bugun maydonda bor kuch va mahoratlarini ishga solib o'ynagan barcha futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman, deydi Rustam Mirsodiqov.


"Metallurg" matbuot xizmati
Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика