So’nggi yangiliklar

13:59"Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги рақиблари аниқланмоқда  0 13:30Мак Аллистер Англия чемпионлигини қўлга киритиш Чемпионлар Лигасида ғалаба қозонишдан кўра қийинроқ эканини айтди  1 13:02ПФЛ техникаси водийнинг 4 та шаҳрида синовдан муваффақиятли ўтди  0 12:34"Андижон" ОЧЛ 2да "Арқадағ", Қатар ва Баҳрайн клублари билан бир гуруҳдан жой олди  22 11:57"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади  1 11:29"Сўғдиёна" меҳмондаги ғалабасиз сериясига барҳам берадими?  0 10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  3 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  3 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  4 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  8 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  4 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  11 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  16 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  4 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  3

Rustam Mirsodiqov: “Esonqulovning oyog'i sindi, uni yolg'izlatib qo'ymaymiz” Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: “Esonqulovning oyog'i sindi, uni yolg'izlatib qo'ymaymiz”

“Dinamo” – “Metallurg” uchrashuvdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov ishtirok etdi.
Rustam Mirsodiqov, “Metallurg” FK bosh murabbiyi:

- O'yinni ko'rdinglar, “Metallurg”ning katta ustunligi ostida o'tdi. Biz raqibning o'yinlarini yaxshilab o'rgangandik. SHunga yarasha taktika tanladik. Bu esa o'z samarasini berdi. To'g'risi maydon egalaridan hujumkor futbol kutgandik. Ammo ularning besh nafar himoyachi bilan chiqqanligi bizning “yumushimizni” osonlashtirdi. SHu o'rinda biz maydon egalarining ikkinchi roldagi o'yiniga ham tayyorlangandik. Ko'rsatmalarni aniq bajarganliklari va chiroyli g'alaba uchun barcha yigitlarga katta rahmat.

Esonqulovning jarohati xususida? Oyog'i singan, gips qo'ydirdik. Javohirning jarohat olganligi yaxshi bo'lmadi. O'sha vaziyatda gol bo'lmasa ham, Esonqulovning to'qnashuvdan chetda qolganida rozi edim. Nima qilardik, bu futbol. Jarohatlar futbolning ajralmas qismi. Javohirni yolg'izlatib qo'ymaymiz. Bazada yigitlar bilan, shifokor ko'z o'ngida bo'ladi. Hali yosh, tezda sog'ayib, safga qaytishiga ishonamiz. Yoshlarimiz “Metallurg”ning kelajagi, deydi Rustam To'xtamurodovich.
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика