So’nggi yangiliklar

23:10Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" (матнли трансляция)  11 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  4 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  16 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0

Rustam Ashurmatov: “O'zbekistonlik futbolchilarning xorijga yo'l olishida reklama va agentlar muhim rol o'ynaydi” Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: “O'zbekistonlik futbolchilarning xorijga yo'l olishida reklama va agentlar muhim rol o'ynaydi”

Bundan avvalgi yillarda turli yoshdagi terma jamoalarimiz Jahon chempionatlarida, turli xalqaro nufuzdagi musobaqalardan muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishdi.

Tabiiyki, ushbu turnirlarda o'zini ko'rsatgan yosh iqtidorlarga chet ellik skautlar tomonidan etibor oshadi. Lekin, nima uchundir klublarimiz o'z futbolchilarini yoshligidan xorij jamoalariga qo'yib yuborishni istashmaydi. Bunga Koreya K Ligasida o'ynayotgan himoyachimiz Rustam Ashurmatov ham “Tezkor Studiya” loyihasida o'z munosabatini bildirdi.

“Bitta narsani aniq aytishim mumkin, Pol Pogba, yoki Umtitilarning eng katta foydasi Evropa futbolida tarbiyalangani bo'ldi. Ularda jamoadan jamoaga o'tish jarayoni, transferlar osonroq kechadi. Bazi bir evropaliklardan so'rasangiz O'zbekistonni bilmasligi mumkin. SHuningdek, reklama, agentlik, klublarning futbolchilarga katta summa qo'yib qo'yishi katta rol o'ynaydi. Masalan, biz terma jamoaga borib o'yinimiz pasayib qoladi demagan bo'lardim. Misol uchun bizga qarshi o'ynaydigan futbolchilar kuchli jamoalarda, top chempionatlarda o'ynashgani uchun biznikilar bilan taqqoslashadi. Agarda kuchli klublar o'zbek futbolini va chempionatini yaxshi bilganida juda ko'p futbolchilarimiz Evropaga ketgan bo'lardi”,- deydi Ashurmatov.

O'tgan davr mobaynida ko'plab futbolchilarimizga xususan Akrom Komilovga “Red Bull Zalcburg”, Otabek SHukurovga “Xoffenxaym” , Zabihillo O'rinboevga Portugaliya yuqori ligasi klublari tomonidan chorlovlar bo'lgan edi. Biroq, transferlar turli sabablarga ko'ra amalga oshmagandi.


Quyida "Tezkor studiya"ni tomosha qilish mumkin:  


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика