Rustam Ashurmatov: "O'yinimizda bazi xatolar ko'zga tashlangan bo'lishi mumkin"
03 sen 2022 00:56
Yangiliklar
Rustam Ashurmatov: "O'yinimizda bazi xatolar ko'zga tashlangan bo'lishi mumkin"
Coca Cola O'zbekiston kubogi chorak finali doirasidagi "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Rustam Ashurmatov g'alaba taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bugun bir musht bo'lib harakat qildik va g'alabaga erishdik. To'g'ri, taktik yoki boshqa jihatlarda xatolar ko'zga tashlangan bo'lishi mumkin. SHunga qaramay, jamoaviy o'yin orqali ushbu kamchiliklarni bartaraf etdik, deb o'ylayman. Turnirdagi har bir o'yinning o'ziga yarasha qiyinchiliklari bo'lmoqda, "Paxtakor" principial raqib bo'lgani sababli, ularga qarshi boshqacha tayyorgarlik ko'rildi. O'ylashimcha, eng qiziqarli va murosasiz uchrashuv aynan "sherlar"ga qarshi bahs bo'ldi. "Navbahor" muxlislariga ham rahmat aytib qolaman. Ular hamisha bizni qo'llab-quvvatlab turishsa, biz ham imkon qadar ularni xursand qilishga harakat qilamiz", dedi Ashurmatov.

O’xshash yangiliklar
20:22
Eron chempionati. "Xaybar" va "Istiqlol" murosa ko'chasini tanladi, Ashurmatov to'liq o'ynadi 1
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar