So’nggi yangiliklar

15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  2 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  4 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   21 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  22

Rustam Ashurmatov: “Kvandju” K-Ligada jon saqlab qolish uchun kurashmoqchi emas” Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: “Kvandju” K-Ligada jon saqlab qolish uchun kurashmoqchi emas”

Kecha Janubiy Koreya K-Ligasidan o'rin olgan ikkinchi tur bahslari o'tkazildi.

Unda hamyurtimiz Rustam Ashurmatov faoliyat olib borayotgan “Kvandju” jamoasi “Seul” mehmoni bo'ldi va kichik hisobda imkoniyatni boy berdi (0:1). Biz esa o'zbekistonlik himoyachining ortda qolgan ikki tur haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

“Hamma ko'rib turibdi. Uchrashuvlar muxlislarsiz o'tmoqda. Barcha karantin qoidalariga rioya qilgan holda harakat qilmoqda. SHularni inobatga olmasa boshqa o'zgarishlar yo'q. Jamoamiz endi yuqori ligaga chiqdi. Bu jon saqlab qolish uchun kurashamiz degani emas. Oldinda o'yinlar ko'p. Ikki mag'lubiyat bizga ko'proq nimalar ustida ishlashimiz kerakligini ko'rsatdi. Jamoada yaxshi saviyadagi futbolchilar etarli. Faqat ozgina tajribasizlik pand bermoqda. Boz ustiga yana uchta asosiy futbolchimiz jarohat sabab bizga yordam bera olishmayapti. Ular ham qaytsa o'yinimiz bundan ham sifatli chiqishiga ishonchim komil.



Koreyada o'zbekistonlik futbolchilarga qiziqishni ortishiga ijobiy holat sifatida qarash mumkin. Bunga sabab oxirgi yillarda o'ynagan o'zbek futbolchilari o'zlaridan yaxshi taassurot qoldirdi. Masalan, Ikrom Aliboev, SHohruh Gadoev, Sanjar Tursunov kabi futbolchilar K-Ligada yomon o'yin ko'rsatishmadi. Agarda shu zayilda davom etsa bu erda hamyurtlarimiz yana ko'payadi.

Bevosita teleekran orqali kuzatib borayotgan muxlislarimizga karantin paytida sabr tilayman. Hozirgi qiyinchiliklardan matonat va iroda bilan o'tib olsak yana hamma o'zi istagan ishiga qaytishi mumkin. Barchalariga omad va sog'lik tilayman”,- dedi Ashurmatov.

Eslatib o'tamiz, "Kvandju" dastlabki ikki turda mag'lubiyatga uchradi va ayni paytda K-ligada so'nggi pog'onani egallab turibdi.



Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика