So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  3 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  13 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  10 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

Rustam Abdullaev: “Tartibli o'yin evaziga g'olib bo'ldik” Yangiliklar

Rustam Abdullaev: “Tartibli o'yin evaziga g'olib bo'ldik”

"Dinamo" - "Qo'qon-1912" (0:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Rustam Abdullaev ishtirok etdi.
"Barachani kelayotgan Navro'z bayrami bilan tabriklayman. Bugungi g'alaba oson qo'lga kiritilgani yo'q. Omadimiz keldi, gol urdik va himoyada harakat qilib natijani saqlab qoldik. Yigitlarga Qo'qondan kelgan muxlislar ham yordam berishdi. Barcha muxlislarimizga rahmat aytaman", - deydi Rustam Abdullaev.

- Jamoaning g'alabasiga aynan nima taminladi?
- Tartib! O'yin tartibi, aytishadiku tartib mahoratni engadi deb.

- O'yin so'nggida shogirdlaringiz ko'p bor maydonga yotib olishdi. Bunga munosabatingiz.

- Futbolchilarimning oyog'i tortishganidan keyin yugura olmaydi. SHu bois uni almashtirdim.

- O'z vaqtida "Dinamo"da ishlab ketgansiz. O'sha paytda etibor qanday edi?

- Bitta gap aytaman. Samarqandda ishlaganimda viloyat hokimi tunggi soat 2da telefon qilib ertaga tarkib qanday bo'ladi deb so'rardilar (kuladi). Etibor qanday bo'lganini tushunib olavering.

- "Dinamo" safida kimning o'yini yoqdi?
- Menga 33-raqamdagi (Nikolay CHipev) futbolchining harakatlari maqul keldi. "Dinamo" ham yomon o'ynamadi. Mavsum endi boshlanmoqda, ularga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

- "Dinamo"ning goli o'yindan tashqari holat tufayli bekor qilindi...
- To'g'risi men o'tirgan joydan ofsayd bormidi yo'qmidi bilmayman. Bitta yon hakam jamoam foydasiga xato qildi? Nima deyishga ham hayronman (kuladi).

- Uchrashuvdan oldin "Qo'qon" futbolchilari bilan gaplashdik. Ularga barcha oyliklar vaqtida to'lanayotgan ekan. "Dinamo"da esa buning aksi. Bu ham g'alabaga yordam berdimi?
- Albatta, futbolchilar ham inson. Ularning ham oilasi bor. Oylikning o'z vaqtida to'lanishi juda katta yordam beradi.


Damir Kabilov yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика