So’nggi yangiliklar

11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  0 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  6 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  1 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  1 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  2 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  14 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  3 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  13 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  4 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  15 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0

Rustam Abdullaev: “G'alaba qozonib muxlislarimizga xursandchilik ulashishni xohlagandik” Yangiliklar

Rustam Abdullaev: “G'alaba qozonib muxlislarimizga xursandchilik ulashishni xohlagandik”

“Qo'qon-1912” – “Mashal-2” uchrashuvidan mezbonlar ustozi Rustam Abdullaevning ham fikrlarini bilishga qiziqdik.

Garchi “Qo'qon-1912” oliy liga yo'llanmasini rasmiylashtirgan bo'lsada, shu kuni jamoaning mag'lubiyatga uchragani tabiiyki bosh murabbiyga ruhiy tasir o'tkazgandi. Kayfiyati yaxshi bo'lmasada, qisqacha bo'lsa ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi. 

- Avvalambor qo'qonlik ishqibozlarni oliy liga yo'llanmasi qo'lga kiritilgani bilan tabriklayman. Afsuski bugun o'z maydonimizdagi so'nggi uchrashuvda g'alaba qozonib, muxlislarimizga xursandchilik ulashishni juda-juda istagan edik. Lekin futbol shunday sportki, unda ko'p narsa omadga ham bog'liqdir. O'zingiz ham ko'rdingiz bugun omad bizdan yuz o'girdi. Mag'lubiyat uchun barchadan uzur so'rayman – deya gap boshladi Rustam Abdullaev. 

- Jamoani elitaga chiqishi uchun butun mavsum davomida barcha sharoitlarni yaratib bergan klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib qolaman. Ulardan ham bugungi mag'lubiyat uchun uzur so'rayman. 

- O'yinga bo'lgan tayyorgarlik qoniqarli kechgandi. Yigitlarda qandaydir o'ziga bo'lgan ishonch haddan ziyod ortib ketdi. Balki ular bugun raqibni osonlikcha mag'lub etamiz deb o'ylagan bo'lishi ham mumkin. SHuni bilgan xolda, ularga uchrashuvdan oldin ham aytgandim, oldin yutib olaylik, keyin hammasi yaxshi bo'ladi deb. Har qanday xolatda ham raqibga hurmat bilan qarash kerak. 

- To'g'risi, mag'lubiyatdan keyin oliy ligaga chiqqqanimiz men uchun unchalik tatimadi. Qolgan ikki o'yinda yutish uchun o'ynaymiz. CHunki mukofot pullarini olish kerak. Bugun undan quruq qoldik. Agarda g'alaba qozonganimizda, futbolchi o'sha mukofot puliga 15-20 kun yaxshi yashashi mumkin edi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика