So’nggi yangiliklar

09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  0 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  1 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  1 08:18Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 34 таси маълум бўлди  4 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  10 07:22Бугун ФИНАЛ  10 04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  1 00:17Мбаппе ПСЖдан суд орқали 240 млн евро талаб қилмоқда. Клуб эса ундан 180 млн евро зарар ундиришни сўради  1 23:49"Ал Айн Халқаро Кубоги-2025". Миср пенальтилар сериясида ғалабага эришди ва учинчи ўринни эгаллади   6 23:35Жалолиддин Машарипов жароҳатдан қутилдими?  16 23:03Достон Ҳамдамов: "Ҳаммаси ўзимизнинг қўлимизда, яхши тайёргарлик кўрсак Бразилия билан ҳам ўйнай оламиз деб ўйлайман"  11 22:26Игорь Сергеев: "Эрон? Ишончим комил, яна жиддий жанг бўлади"  7 21:56ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-19 чемпионат финали. "Пахтакор" - "Насаф" 4:1  2 21:28"Барселона" янги "Камп Ноу"да илк ўйинини қачон ўтказиши маълум бўлди  2 20:36Тиаго Силва "Милан"га қайтиши мумкин  5

Ruslan Ahmedov: "Viloyat hokimi 2024 yilda "Xorazm" klubiga baza qurib berishga vada bergan" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Viloyat hokimi 2024 yilda "Xorazm" klubiga baza qurib berishga vada bergan"

Kecha Pro liganing 6-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Xorazm" (4:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov o'z fikrlarini bildirdi.

"Mashal" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin boshida o'tkazilgan ikkita tezkor goldan keyin yigitlar o'zlariga kela olishmadi. Ikkinchi taymda standart vaziyatda futbolchilar koncentraciyani yo'qotib qo'yishdi," - deb gap boshladi Ahmedov. 

- Bugungi mag'lubiyatda kimni ayblaysiz futbolchilarmi yoki o'zingiznimi?
- G'alaba jamoaniki, mag'lubiyat murabbiyniki. Bugungi mag'lubiyatni tahlil qilamiz.

- "Xorazm" jamoasi faqat natija uchun kurashmoqdami yoki chiroyli o'yin ko'rsatishga ham intiladimi?
- Ko'proq natija uchun. "Mashal"ga o'xshab tezkor to'p bilan muomala qilish uchun shunday yaxshi maydonlarda mashg'ulot o'tkazish kerak. Bizda bunday moddiy-texnik baza yo'q. Bu bahona emas. SHunday alo darajadagi maydonda mashg'ulot qilsak chiroyli futbol haqida gapirishimiz mumkin.

- SHart-sharoitlar yaratish bo'yicha rahbariyatga yo'llagan so'rovizga qanday javob berilgan?
- "Xorazm" oldiga yuqori o'rinlar olish vazifasi qo'yilgan. Har bir o'yinda g'alaba uchun tushamiz. Hokim bu yil "Xorazm" klubiga baza qurib beramiz deb vada bergan.



Mash’al

Ibrohim G'anixonov - 7', Anvar Murodov - 9', Rustam Abduxamidov - 70', Humoyun Murtozaev - 90'

Pro liga. 6-tur

03/05/2024, 19:00

0
:
4
Tugadi

Xorazm

45'
90'
7'  Ibrohim G'anixonov
9'  Anvar Murodov
70'  Rustam Abduxamidov
90'  Humoyun Murtozaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика