So’nggi yangiliklar

22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  0 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  6 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0 20:22Эрон. "Персеполис" сафарда ғалабага эришди ва пешқадам бўлиб олди  0 19:49Каталония дербиси қайноқ ўтади. "Эспаньол" "Барселона"га қарши ўйин олдидан эҳтиёт чораларини кўрмоқда  3 19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  1 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  3 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  7 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  1 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  3

Ruslan Ahmedov: "Turon" bizdan alamini oldi" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Turon" bizdan alamini oldi"

Pro-liganing 25-turidan o'rin olgan "Turon" - "Xorazm" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi

O'yin haqida

- "Turon" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Og'ir o'yin bo'ldi. Vaziyatlardan foydalana olmadik. Mezbonlar esa o'z imkoniyatlarini golga aylantirishdi. "Turon" bu mavsumda bizni mag'lub eta olmayotgandi, bugun alamini oldi desak ham bo'ladi. Bugungi o'yin uchun yigitlarga rahmat aytdim, gol urmasak ham yaxshi o'yin o'tkazdik. Bizga tarkibni yoshartirish va shu yosh futbolchilarni tajriba to'plashlariga yordam berish vazifalari qo'yilgan. Har ikki jamoaga ham omad tilayman.

- Jamoa sardori Abror Xusinovning majburan almashtirilishi natijaga tasir ko'rsatdi deb o'ylaysizmi?

- Ha, bu ham tasir o'tkazdi. Unda mashg'ulotlarda olingan jarohat bor edi. 

- "Xorazm"dan turli yoshdagi terma jamoalar safiga jalb etilayotgan futbolchilar bormi?

- Terma jamoalarga ko'proq Superliga klublaridan jalb etilmoqda. Kelasi yilga biz ham Superligaga harakat qilamiz.

- Tarkibda jamoa murabbiylar shtabiga jalb etilishi mumkin bo'lgan futbolchilarni ayta olasizmi?

- Albatta, bizda tajribali futbolchilar bor. Masalan G'ayrat O'daev, Jasur Atadjanovlar bor. Ular murabbiylar kursida o'qib bo'lishgan. Vaqti kelsa sekin-sekin tarkibga jalb etamiz.

- Kelasi mavsum uydagi o'yinlarda raqiblarni tabiiy maydonda qabul qilasizlarmi?

- Ha, shunday bo'ladi. Hozir tabiiy maydonimiz xolati yaxshi desa ham bo'ladi. Kelasi yilga tabiiy maydonda o'ynashga harakat qilamiz.

- Jamoa Superligaga chiqish imkoniyatini yo'qotdi. Yigitlarga keyingi o'yinlar oldidan qanday motivaciya berasiz?

- Biz kuchli beshlikka kirganimizdayoq aytgandim, Superligaga davogar klublar orasidamiz deb. Masalan "Mashal" mavsum boshidayoq Superligaga davogar sifatida qaralayotgandi. Biz shu bosqichga qadar etib keldik, kelasi yilga albatta Superliga uchun harakat qilamiz.





Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика