So’nggi yangiliklar

01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  2 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  8 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:58А Серия. "Кальяри" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  5 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Ruslan Ahmedov: "Lokomotiv" Osiyo darajasidagi ideal maydonga ega klub hisoblanadi" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Lokomotiv" Osiyo darajasidagi ideal maydonga ega klub hisoblanadi"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "Xorazm" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ruslan Ahmedov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Raqib Superliga jamoasi. Ularni g'alaba va keyingi bosqich yo'llanmasi bilan tabriklayman. Oxirgi daqiqada qulay vaziyatdan foydalanganimizda, balki durangga erishardik. Superliga jamoalari bilan kurashish qiyin. Daraja farq qiladi. Bitta gol urdik, lekin yakunda tajriba o'z so'zini aytdi", – deya gap boshladi Ahmedov.

- "Xorazm"ning O'zbekiston kubogi guruh bosqichidagi ishtirokini umumiy qanday baholaysiz?

- Oldimizga guruhdan chiqish vazifasi qo'yilmagandi. Superliga jamoalari bilan kuchimizni tekshirib olmoqchi edik. Qaysidir manoda bunga erishdik.

- Legioner futbolchi Rokki Marchianoning o'yini borasida nima deya olasiz?

- Endigina ikkinchi uchrashuvida maydonga tushdi. Taktik jihatdan xatolari bor, albatta. Ikkinchidan, til bilan bog'liq muammoga urchamoqda. Oldindagi o'yinlarda jamoamizga yordam beradi

-  "Xorazm" raqiblarni suniy maydonda qabul qiladi. Bugun ideal maydonda to'p tepdi. Buning farqi bormi? 

- "Lokomotiv" Evropa bo'lmasa ham, Osiyo darajasidagi ideal maydonga ega klub hisoblanadi. To'p ham tez harakatlanadi. Suniy maydonda aksincha. Barcha jamoalar shunday maydonda o'ynasa, futbol saviyasi ham ko'tariladi. 

- Ikki jamoa ham ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadi. Klublarga Anvar Berdiev, Maksim SHackixga o'xshagan hujumchilar kerakmi yoki shunchaki vaziyatlarda sovuqqonlikmi?

- Yaxshi hujumchi Superligada ham muammo. Oxirgi yillarda Anvar Berdiev, Aleksandr Geynrixga o'xshagan hujumchilar chiqqani yo'q. Barchasi umumiy tizim bilan bog'liq. Yoshligidan tayyorlash lozim. Hozir futbol universallashib boryapti. Avvalgi tizim individual harakatlar asosiga qurilgandi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика