So’nggi yangiliklar

16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  1 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  4 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  2 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  9 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  5 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  12 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  3 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  14 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0

Ruslan Ahmedov: "Buxoro"ning maydoni alo darajada ekan" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Buxoro"ning maydoni alo darajada ekan"

Pro liganing 6-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Xorazm" (3:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov fikrlarini bildirdi.





"Birinchi o'rinda "Buxoro"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'z maydonida muxlislariga bayram qilib berishdi. Natija esa adolatli, deb o'ylayman. Standart vaziyatlarda xatolarga yo'l qo'ydik. Avval ham aytganimdek bugungi kun jahon futbolida standart vaziyatlar o'yinning taqdiriga tasir o'tkazmoqda. Raqib safida bu boradagi yaxshi ijrochi SHavkat Salomov bor",- deydi Ruslan Ahmedov

- Qizil kartochkaga izoh bera olasizmi?

- Qizil kartochka bo'lgan vaziyatni ochig'i ko'rmadim. O'yindan keyin batafsil vaziyatni ko'rib izoh berish mumkin. 

- Jamoa 10 kishi bo'lib qolganiga qaramay himoyaga yotgani yo'q...

- Futbolchilardan yutqazgan taqdirimizda ham chiroyli o'yin ko'rsatishni talab qilamiz. O'yin durangga mos tarzda o'tdi. Bir ochko bilan ortga qaytishimiz mumkin edi. Ikkinchi davradan boshlab akademiyadan ham futbolchilarni jalb qilib boramiz. Ular asosiy tarkib azolari bilan mashg'ulot o'tkazishadi. 1-2 yil ichida bular yaxshi shakllangan jamoa bo'ladi. Etiborimiz yoshlarga qaratilgan. 

- "Buxoro"ning yangilangan maydoni haqida fikringiz?

- Maydon sifati alo darajada. Osiyo miqyosidagi o'yinlar o'tadigan holatda. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика