So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" (матнли трансляция)  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  5 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  8 18:31Суперлига. ОКМК - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  2 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  0 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  2 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  3 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  11 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0

Ruslan Ahmedov: "Birinchi davrada bir so'm oylik olganimiz yo'q" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Birinchi davrada bir so'm oylik olganimiz yo'q"

Pro-liganing 15-turi doirasida "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin "Xorazm" bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Lokomotiv"ni haqli g'alabasi bilan tabriklayman. Baribir jamoa futbolchilari bizdan ko'ra saviyaliroq. Biz esa kutilganidek himoyaviy uslub tanlagandik. Rejamiz dastlabki 15-20 daqiqalikda raqibning katta tempiga turib berib, gol o'tkazib yubormaslik, keyinchalik tempni tenglashtirib, gol urishni istagandik. Ikkinchi bo'limda yaxshi vaziyatimiz bo'ldi. Undan foydalanishimiz kerak edi. "Lokomotiv"ni yana bir bor tabriklayman. Ularga omad tilayman. Jamoa o'z oldiga qo'yilgan vazifasini bajaradi deb o'ylayman. SHu sababdan ular hozir etakchi bo'lib turishibdi. Hayot davom etadi. Yutqazdik. "Lokomotiv" birinchi o'rinda ekanligi bekorga emasligini ko'rsatdi. Biz keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz.

- Birinchi davradagi o'zaro o'yinda "Xorazm"da ko'proq imkoniyat bo'lgandi. Bugun esa aksincha. Bu o'yinlarda mezbon faktori rol o'ynadimi?

- Albatta, mezbon faktori doimo rol o'ynaydi. Ayniqsa maydon sifatida. Masalan, biz boshqacharoq maydonda mashg'ulot qilamiz. "Lokomotiv" maysasi esa juda yuqori saviyada, to'p tez yuradi. SHu boisdan yigitlarim anchagina qiynaladi. Paslar tezligi, harakat tezligi boshqacha. Yuu esa doimo o'z so'zini aytadi. Biz esa baribir himoyada o'ynadik. Xorazmdagi o'yinda ham 70 foiz to'pni ushlab turdi "Lokomotiv". O'shanda standartdan keyin gol urib, asosan qarshi hujumlarda o'ynagandik. Kam hujum qilganimizga ilk navbatda maydon sifati halaqit berdi. SHunda ham harakat qildik. To'p boshqacha sakragani uchun birinchi golni, rikoshet bo'lgani uchun ikkinchi golni o'tkazib yubordik. Hech bo'lmasa durang o'ynab ketishni niyat qilgandik. Mayli bu futbol.

- Birinchi bo'limdan keyin darvozabonning almashtirilishi o'tkazib yuborilgan gollar sabablimi?

- Ha, bu erda boshqa sabab ham bor. Birinchi golni o'tkazib yuborgandan keyin darvozabon o'zini yo'qotib qo'ydi. Darvozabon yarim jamoa deyishadi-ku. Hayajonlangani uchun almashtirdik. Goldan keyin u bir qancha vaziyatlarda noto'g'ri o'ynadi. Himoyadan chiqib ketish borasida o'zimizning rejalarimiz bor edi. U shunday rejalarda xato qildi. SHuning uchun uni almashtirishga to'g'ri keldi. 

- Ayniqsa ikkinchi bo'limda himoyadan chiqishda jamoa ko'p xato qildi. Bu oldingi o'yinlarda ham kuzatilayotganmidi?

- Ha, kuzatilayotgandi. Bugun aytganimdek, "Lokomotiv"ning pressingi juda kuchli bo'ldi. Xatolar esa darvozabondan boshlandi. Birinchi pasning noto'g'ri bo'lganligi sababli barcha sxemalar buziladi. Biz boshqacha yo'nalishni reja qilgandik, biroq darvozabon hammasini buzib tashladi. SHu sababli himoyadan chiqishda ko'p xato qildik. 

- Yozgi transferlar oynasi vaqtida o'zingiz uchun kerakli nuqtalarni kuchaytira oldingizmi?

- Yo'q, chunki bizda moliyaviy tomondan holat yaxshi emas. Bizga faqatgina 20 iyundan rasmiy tarzda homiy biriktirildi. Bungacha jamoa birinchi davrada bir so'm oylik olgani yo'q. SHu bois biz jamoaga saviyali futbolchilar chaqira olmaymiz. Bizdan 6 nafar futbolchi ketgan bo'lsa, faqatgina ikki futbolchini tarkibga jalb qildik. Qolganiga esa yoshlar bilan ishlayapmiz. Sekinlik bilan moliyaviy tomondan barqarorlashyapmiz, "Uztelekom" qarzlarni yopishga harakat qilyapti. Yozgi transferlarda esa biz anchagina qiynaldik. Byudjetimiz kam, birinchi davrada oylik berilmagani uchun futbolchilarni olib kelishning iloji bo'lmadi. Balki kelasi yili bo'lib qolar. Moliyaviy tomondan yaxshi bo'lib tursak, tarkibni kuchaytirarmiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика