Runi: "Terma jamoa tarihidagi eng yaxshi to'purar bo'lmoqchiman"
09 okt 2014 19:30
Yangiliklar


Runi: "Terma jamoa tarihidagi eng yaxshi to'purar bo'lmoqchiman"
Angliya terma jamoasi futbolchisi Ueyn Runi San-Marinoga qarshi o'yin oldidan terma jamoadagi gollar bo'yicha rekord o'rnatmoqchi.
Ayni paytda MYU futbolchisi hisobida 41 ta gol mavjud. Undan oldinda esa faqat Jimmi Grivz (44), Gari Lineker (48) va Bobbi CHarlton(49)lar ketmoqda.
"Agar buni amallay olsam zo'r bo'lardi. Terma jamoa libosini ilk bora kiyganimda terma jamoa rekordchisi bo'lishim mumkinligi haqida o'ylab ham ko'rmagandim. Bu men uchun judayam katta yutuq bo'lardi. Umid qilamanki, bir kun kelib terma jamoaning eng yaxshi to'purari bo'laman", - deydi Runi.

Fikrlar