Runi: "Bu gol mening eng chiroyli gollarimdan biri bo'ladi"
23 mar 2014 01:40
Yangiliklar


Runi: "Bu gol mening eng chiroyli gollarimdan biri bo'ladi"
"Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi "Vest Xem" darvozasiga yo'llagan shedevr goli haqida so'zlab o'tdi.
Men juda tez harakatlandim. Darvozabonni ko'rdim va qayrilib olib kuchli zarba yo'llashga qaror qildim. Bunday harakatlarni avvallari ham ko'p amalga oshirganman. Lekin hech o'z maqsadimga eta olmayotgan edim. Bu safar hammasi yaxshi yakunlandi va o'z niyatimni amalga oshirdim. Bu gol mening eng chiroyli gollarimdan biri bo'ladi. Ammo eng zo'ri bo'ladi deb ayta olmayman.

Fikrlar