Runi: "Bavariya"ga qarshi o'yinni intizorlik bilan kutyapman"
22 mar 2014 00:13
Yangiliklar


Runi: "Bavariya"ga qarshi o'yinni intizorlik bilan kutyapman"
"Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi CHempionlar Ligasi chorak finali uchun tashlangan qura natijalari haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"CHempionlar Ligasi qurasi zo'r bo'ldi. "Bavariya" bilan o'ynaydigan bo'ldik. Bu - zo'r. Qiyin bo'ladi albatta. Ularda ajoyib jamoa bor. uning ustiga amaldagi chempion. Biroq biz ham o'z kuchimizga ishonamiz. "Bavariya"ga qarshi har ikki o'yinni ham intizorlik bilan kutyapman", deya Runi so'zlaridan klub rasmiy tvitteri iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar