So’nggi yangiliklar

00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6

Rufat Akramxo'jaev: “Mag'lubiyatga uchrayotgan paytimizda ham yigitlar ruhan “sinib” qolmadi” Yangiliklar

Rufat Akramxo'jaev: “Mag'lubiyatga uchrayotgan paytimizda ham yigitlar ruhan “sinib” qolmadi”

Kecha birinchi liganing 7-tur o'yinlari start oldi. Toshkentda kichik derbi bo'lib o'tdi.

Unda “NBU-Osiyo” hamshahari “Obod”ni qabul qilib, irodali g'alabaga erishdi. Yakuniy hisob “bankirlar” foydasiga hal bo'lganidan so'ng (5:2) mezbonlar ustozini fikrlari bilan qiziqdik. 

- Uchrashuvning dastlabki 30 daqiqasidan qoniqish xosil qilmadim. Yigitlar bu vaqt davomida berilgan vazifani bajara olmadi. Ammo qolgan daqiqalarda ular asta-sekin o'zlarini ko'rsata boshladi. Ayniqsa ikkinchi bo'limda o'yinimiz kutilganidek chiqdi va shu tariqa kerakli natijani qo'lga kiritdik – deya gap boshladi Rufat Akramxo'jaev. 

- Birinchi bo'limda o'z darvozamizdan ikkita gol o'tkazib yubordik va bo'lim yakunlanishiga kelganida, Leonid Koshelev hisobni qisqartira oldi. Mazkur gol juda kerak edi. Aynan hisobni 1:2 ko'rinishga keltirganimizdan so'ng yigitlarda ruhiy jihatdan o'sish bo'ldi va bu ularga qandaydir umid uchqunlarini uyg'otdi. 

- “Obod” yaxshi jamoa. Buni oldin ham aytganman. Ularda jamoaviy o'yin yaxshi yo'lga qo'yilgan va bundan tashqari ahillik bor. Garchi hisob 4:2 yoki 5:2 bo'layotganida ham raqib futbolchilari dadil oldinga tashlangani etiborga molikdir. 

- Albatta derbida muvaffaqiyat qozonganimizdan mamnunman. Yigitlar o'zlarida kuch topa oldi va irodali g'alabani qo'lga kiritdik. Buning uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildirgan bo'lardim – deydi “NBU-Osiyo” bosh murabbiyi. 

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика