So’nggi yangiliklar

00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  0 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  5 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  22 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  20 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  27

Ro'ziqul Berdiev “Yilning eng yaxshilari” deb kimga ovoz beradi? Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev “Yilning eng yaxshilari” deb kimga ovoz beradi?

Malumki, bugun Toshkent shahridagi “Zarafshon” koncert zalida O'FA va PFLning yil yakunlari bo'yicha bayram tadbiri o'tkaziladi.

Tabiiyki unda turli nominaciyalar bo'yicha “Eng yaxshilar” taqdirlanadi. Bo'lajak tadbir oldidan uch karra O'zbekistonning “Eng yaxshi murabbiyi” sifatida tan olingan Ro'ziqul Berdievning fikrlari bilan qiziqdik. Bizningcha “Nasaf” ustozining kimlarga ovoz berishi ko'pchilik uchun qiziq bo'lsa kerak.

- Yilning “Eng yaxshi murabbiyi” nominaciyasida Arveladze, Abramov va Baqoev o'rin olgan. Hamkasblarimni kamsitish fikridan yiroqman. Lekin ularning orasidan birini tanlash lozim bo'lsa, fikrimcha bosh sovringa SHota Arveladze munosib. “Paxtakor” ustozi bu yil murabbiy sifatida ko'pchilikda har jabhada iliq taassurot qoldirdi desam mubolag'a bo'lmaydi.



- 2019 yilgi mavsumda chempionatimizning eng yaxshi futbolchisi deb Dragan CHeranni aytgan bo'lardim. Ushbu futbolchi o'z vaqtida qo'l ostimda o'ynagan. Imkoniyatlarini yaxshi bilaman. Legioner sifatida mahalliy futbolchilarga o'rnak bo'lib kelmoqda.

- Yilning “Eng chiroyli goli” muallifi deb yana CHeranni aytaman. Serbiyalik forvardning “Lokomotiv” darvozasiga kiritgan goli shunchaki ajoyib ko'rinish oldi men uchun.

- Joriy yil ko'plab yosh futbolchilar Superligada debyut mavsumini o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. Ochig'ini aytganda, eng yaxshi yosh futbolchi deb “Nasaf” posboni Abduvohid Nematovni aytgan bo'lardim. 2001 yilda tavallud topgan ushbu darvozabonimiz bu yilgi mavsumni yuqori saviyada o'tkazdi. Umid qilamanki, Nematov bu bilan to'xtabi qolmasdan, o'z ustida ishlashda davom etadi. Uning uchun hali hammasi oldinda – deydi Ro'ziqul Sadullaevich.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика