So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Ro'ziqul Berdiev: "Yigitlarimiz sovrin yutishga haqli" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Yigitlarimiz sovrin yutishga haqli"

O'zbekiston kubogi yarim finali doirasidagi "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev qatnashdi.

"Avvalo barcha muxlislarimizni finalga chiqqanimiz bilan tabriklayman, ular bunga haqli edilar. O'tgan o'yindagi 2:0 hisobidagi g'alaba va bugungi bahsda tartibli harakatlarimiz tufayli finalga chiqdik deb o'ylayman", - deydi Ro'ziqul Berdiev. 

- "Lokomotiv"ning oxirgi o'yinlarini ko'rib chiqqandik. Ko'proq himoyada o'ynadik, sabr qildik, qarshi hujumda imkoniyatni kutdik. Bizda yarim finalga chiqqan to'rtta jamoaning saviyasi teng deb o'ylayman. Finalda kim raqib bo'lishining farqi yo'q. Nihoyat bu safar finalda kubokni qo'lga kiritishga urinamiz. Yigitlarimiz sovrin yutishga haqli.

Hamza Karimov jarohati tufayli maydonga tushmayapti. To'rt kundan so'ng yana shu jamoaga qarshi shu erda o'ynaymiz. Tarkibda katta o'zgarishlar bo'lmaydi, ammo taktika borasida o'zgarishlar bo'lishi aniq. 

Oliy liga doirasidagi bahsda "Lokomotiv" bilan durang o'ynasak xursand bo'laman. O'sha o'yinda durang bo'lsa chempionlik uchun "Lokomotiv"ning ham, "Nasaf"ning ham imkoniyatlari pasayib ketadi. Biz doim oxirigacha kurashamiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика