Ro'ziqul Berdiev: "Teng o'yinda durang qayd etildi"
24 mar 2014 18:20
Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Teng o'yinda durang qayd etildi"
Bugun oliy liganing 2-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvdan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida birinchi bo'lib mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.
"Bugungi o'yin yaxshi kechdi. Teng kuchli ikki klubning o'rtasidagi bahsda durang qayd etildi. Jamoalar bittadan imkoniyatdan unumli foydalanishdi. "Lokomotiv"ni yaxshi o'rgangan edik", - deydi Ro'ziqul Berdiev.
- Jarohat olgan yarim himoyachimiz SHohruh Gadoev ayni paytda Moskvada davolanmoqda. U Yaqin orada safga qaytadi.
- Ochig'ini aytganda, uchrashuvdagi hakamlikni muhokama qilmoqchi emasman.
- Alisher Yusupovga kam imkoniyat berayotganimning sababi u jarohat tufayli ikkinchi yig'inda qatnashmadi. Individual tarzda shug'ullandi. Sekin-asta o'z sport formasini yaxshilab bormoqda. Bundan tashqari uning o'rnida SHuhrat Muhammadiev o'ynamoqda. Yusupovni oxirida tushirganimning boisi kuchli zarbasi borligini ko'pchilik biladi. Jarima to'plari bo'lib qolsa uni foydasi tegishiga umid qildim.

Fikrlar