Ro'ziqul Berdiev: "So'nggi paytlardagi eng qiyin o'yinlardan biri bo'ldi"
09 apr 2023 21:41
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "So'nggi paytlardagi eng qiyin o'yinlardan biri bo'ldi"
Coca Cola Superligasi 5-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Surxon" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnishdi.
- O'yin haqida
Og'ir o'yin o'tkazdik. So'nggi paytlardagi eng qiyin o'yinlardan biri bo'ldi. Oxirgi uchta o'yinda raqibga imkoniyat taqdim qilmoqdamiz. Bunday bo'lishi kerak emas. Bugun esa asosiysi uch ochkoni qo'lga kiritdik. O'ylaymanki, bunday keyingi o'yinlarimiz yaxshiroq bo'ladi.
- "Surxon" legioneri bugungi uchrashuvda yaxshi harakat qildi. Birinchi golda ham, penalti ishlangan holatda ham...
- Albatta, biz raqib o'yinini ko'rganimizda bu narsa kam uchrayotgandi. Bugun esa raqib uzun paslar bilan o'sha legionerni qidirishga intildi. Himoyachilarimiz Nimeliga imkoniyat qoldirishdi. Asosiysi, bugungi o'yinda yigitlar oxirigacha kurashib, g'alaba qozonishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar