So’nggi yangiliklar

19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  0 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  1 19:02Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23 (матнли трансляция)  5 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  6 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  3 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  11 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  8 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  1 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  1 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  3

Ro'ziqul Berdiev: “Qizilqum” jamoasi yildan - yilga kuchayib ketayapti” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Qizilqum” jamoasi yildan - yilga kuchayib ketayapti”

“Nasaf” – “Qizilqum” uchrashuvidan keyin bo'lib o'tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Ro'ziqul Sadullaevich ishtirok etdi va o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

-So'zim boshida barcha ustozlarimizni va murabbiylarimizni bayramlari bilan samimiy tabriklayman. Menga ham juda ko'p aziz insonlar ustozlik qilgan. Ularning mehnatini hech qachon unutmayman.

 Bugungi uchrashuvda qadrdon futbolchilarimizni ko'rishib, ko'pchilik xursand bo'lgan bo'lsa ajab emas. Go'yoki bugun ikkiga bo'linib o'ynagandek bo'ldik (kulib). “Qizilqum” jamoasi bugun ham bizga munosib qarshilik ko'rsatdi. Jamoa katta tajribaga ega jamoa. Etirof etish kerak, “Qizilqum” jamoasi yildan-yilga kuchayib borayapti. O'yinlari juda mazmunli bo'layapti. SHuning uchun bugun bizga juda qiyin bo'ldi.

Endi jamoamiz o'yiniga to'xtaladigan bo'lsam, bugun katta mehnat evaziga maydonda ustunlikka erishdik. O'yinda hisob yirikroq ham bo'lishi mumkin edi, ammo vaziyatlardan to'liq foydalana olmadik.  Eng asosiysi g'alaba qozondik. Maqsadimiz ko'proq ochko jamg'arish.

Albatta o'z o'rnida etirof etishim kerak. Bugun “Qizilqum” jamoasi safida ko'pgina sobiq o'yinchilarimiz harakat qilishdi. Ularning klubimiz yutuqlariga qo'shgan hissalari juda salmoqli. Buning uchun biz ulardan doimo minnatdormiz, ularning mehnatini doimo qadrlaymiz.

Ilhom SHomurodov? Men shaxsan Ilhom bilan doimo aloqadaman. Afsuski, uning sog'ligidagi muammo futbolga qaytishiga halaqit berayapti. Ammo oldingi holatiga nisbatan, hozirgi holati ancha yaxshi. Bu aziz futbolchimizni tezroq sog'ayib, safga qaytishini umid qilib qolaman.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика