So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Ro'ziqul Berdiev "Qizilqum" bilan o'yindan keyin Marko Stanoevich va Umar Eshmurodov haqida gapirdi Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev "Qizilqum" bilan o'yindan keyin Marko Stanoevich va Umar Eshmurodov haqida gapirdi

Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Nasaf" (1:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.




“Bugungi g'alabaga asosiy sabab bo'lgan narsa bu xotirjamlik deyishim mumkin. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng ham xotirjamlikni saqlab qoldik va yigitlar g'alabaga ishonch bilan harakat qilishdi.

Bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Faqat bugun ayrim sabablarga ko'ra bir qator futbolchilar xizmatidan foydalana olmadik. Albatta, mavsumni g'alaba bilan boshlash yoqimli holat va barchani g'alaba bilan tabriklayman. Bugun uzoq yo'l bosib kelib, qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildirib qolaman.

Mavsum endi boshlandi va natijalar har xil bo'lishi mumkin. Kamchilikarimiz bor, to'pni nazorat qilish, qarshi hujumlarni yakunlashda. Buning ustida ish olib borishimiz kerak ekanligini ko'rinib qoldi.

Bugun rejamiz bo'yicha himoyalanib o'ynashimiz kerak edi. Ammo himoyadagi texnik xato tufayli gol o'tkazib yubordik. Bahs oxirigacha o'yinni ham, natijani ham nazorat qildik.

O'ylashimcha "Qizilqum"ni kuchli futbolchilar tark etdi, ularning o'rniga kelgan yangilar jamoaga qo'shilib ketishlari uchun vaqt kerak bo'ladi.

Marko Stanoevich nima uchun o'yin qaydnomasiga kiritilmadi? U tajribali futbolchi, yosh futbolchilar yoniga Rahmatullaev, Stanoevich kabi tajribali o'yinchilarni olib keldik. Uni maydonga tushirishni istagandik, ammo uning sobiq klubi "Irtish"dan hujjat kelishi kerak. Bu hujjat kelishi bilan u maydonga tushadi. Akmal Mozgovoy o'yinni yaxshi boshqarib bordi, texnik xatolar bo'ldi, ammo umuman olganda yaxshi harakat qildi.

Umar Eshmurodov ancha yillar davomida bizning klubimizda o'ynagan. U OCHLda o'ynashni istagandi, ammo "Paxtakor"da deyarli maydonga tushmayotgani uchun SHota Arveladze bilan gaplashib jamoadan ketmoqchi ekanini aytgan. Biz hozir vaziyatni kuzatib borayapmiz, agar Eshmurodov "Nasaf"ga qaytsa albatta xursand bo'lamiz”, - dedi Ro'ziqul Berdiev.

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика