So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  12 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  23 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  3 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Ro'ziqul Berdiev: “Pley-offda imkoniyatimiz darajasida o'ynadik” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Pley-offda imkoniyatimiz darajasida o'ynadik”

“Nasaf” klubi kuni-kecha BAAdan qaytib keldi. Xabaringiz bor 8 fevral kuni “Ajdarlar” Qatarda “Al Jaish”ga qarshi Osiyo chempionlar Ligasida qatnashish uchun pley-offda kuch sinashib yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi.
SHundan keyin qarshiliklar yana Dubayga qaytib o'quv-mashg'ulotlarini davom ettirdilar. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari pley-offda qatnashishdan tashqari Dubayda yig'in tashkil qilishni oldindan mo'ljallashgandi. SHunga asosan qarshiliklar rejalashtirilganidek amirliklarda tayyorgarlikni davom ettirishdi. Dushanba kuni esa Toshkentga qaytishgan “Nasaf” azolari endi tayyorgarlikni Qarshida davom ettiradilar. Fursatdan foydalanib “Ajdarlar” ustozi bilan suhbatda bo'ldik.

- BAAdagi yig'indan murabbiy sifatida qoniqish hosil qildingizmi?
- Biz Dubayda bo'ldik va kuniga ikki mahaldan shug'ullandik. Aytishim kerakki, u erda ikkita nazorat o'yinini o'tkazdik. Ammo ikkala raqiblarimiz umuman boshqa-boshqa saviyadagi jamoalar edi. Birinchi o'yinni mahalliy havaskorlardan tuzilgan jamoaga qarshi o'tkazdik va natija ham shunga yarasha bo'lib 10:1 hisobida g'alaba qozondik. Ikkinchi o'yinimizdagi raqibimiz esa ancha jiddiy va yuqori saviyadagi raqib bo'ldi. SHveciya premrligasi azosi – “Xakken” bilan maydonga tushib 1:1 hisobida durang o'ynadik. BAAdan qaytib kelgach futbolchilarga 21 fevralgacha dam berdik. Keyingi rejamizga ko'ra 10 kun mobaynida Qarshida mashg'ulotlarni davom ettiramiz.

- Demak, yig'inda sizni hamma narsa qoniqtirdi!
- Ha, shunday desa bo'ladi. Pley-offdagi mag'lubiyatdan keyin qanday bo'larkin deb o'ylagandik, ammo yig'inimiz yaxshi o'tdi. Bundan keyingi bor etiborimizni yana chempionat bahslariga qaratamiz.

- “Al Jaish”ga qarshi uchrashuvdagi mag'lubiyat jamoangizning o'quv-mashg'ulot yig'iniga salbiy tasir ko'rsatmadimi?
- Mashg'ulotlarimizga unchalik tasir qilgani yo'q. Ammo tan olib aytmoqchimanki, “Al Jaish” anchayin kuchli jamoa ekan. Ushbu uchrashuvda biz hozirgi imkoniyatimiz darajasida o'ynadik. Nima bo'lganda ham o'ta yirik hisobda yutqazganimiz futbolchilarga tasir qilgan bo'lishi mumkin. Biroq har qanday holatda ham biz vaziyatdan chiqishga harakat qilamiz. Baribir bundan keyin ham o'ynashda davom etishimiz kerak.

- Baribir muxlislar pley-offda “Nasaf”dan ijobiy natijani kutishgandi. Ammo hammasi aksincha tus oldi. Keyinchalik “Al Jaish”ga boy berilgan 1:5 hisobi jamoaga ruhiy zarba va bosim yuklamaydimi?  

- O'ylaymanki, jamoamizga hech nima halaqit qilmaydi, bosim ham bo'lmaydi. Tan olaman, “Al Jaish”ning tayyorgarligi ham, o'yin sifati ham, bizdan ozgina yuqori ekan.

- Bundan keyin tarkibda yana o'zgarish ko'rishimiz mumkinmi yoki shu bilan cheklanasizmi?
- Tarkibimiz saqlanib qolinadi. Balki 1-2ta o'zgartirish kiritishimiz ham hech gap emas. Ammo u qadar katta yangiliklarga qo'l urmaymiz. Asosan ushbu futbolchilarimizga ishonch bildiramiz.

- “Nasaf”ga Fozil Musaevning qaytishi mumkinligi haqida eshitgandik...
- Rostini aytsam, biz Musaev bilan muzokara olib borgandik. Uni o'z safimizda ko'rmoqchi edik. Biroq futbolchi ko'proq “Lokomotiv”da o'ynashni maqul ko'rdi.

- Hozirgi tarkibdan 100 foiz ko'nglingiz to'ldimi?

- Bizning maqsadimiz mahalliy yosh iqtidorlarga ko'proq etibor qaratish. O'tgan yili ham shu maqsadda mehnat qildik. Bu yil ham o'sha yo'nalishda ishlashda davom etamiz. To'g'risi, hozirgi paytda kuchli legionerlarni yoki o'zimizdagi kuchliroq futbolchilarni taklif qilib o'ynatish imkoniyatimiz katta emas.

- Xorijda ikkita yig'in o'tkazdinglar. Mavsum ham asta-sekin yaqinlashyapti. SHu paytda sizni nima o'ylantiryapti?
- O'ylantiradigan hech nima yo'q. Faqat chempionat boshlanishini kutyapmiz.

- Ro'ziqul Sadullaevich, pley-offdagi yirik mag'lubiyatni unutish uchun jamoaga qancha vaqt kerak?

- Biz o'sha o'yinni va mag'lubiyatni unutib bo'ldik. Boya aytganimdek, tayyorgarligimiz boricha o'ynashga harakat qildik. Murabbiy sifatida shuni alohida aytishim kerakki, yirik hisobda mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, jamoamiz bunday yirik hisobdagi natijaga loyiq emasdi. Yirik hisob qayd etilgani o'yin mos kelmadi.

- Darhaqiqat, hech kim bunday yirik hisobdagi mag'lubiyatni kutmagandi?
- To'g'ri aytasiz, xatto “Al Jaish” jamoasining o'zi ham yirik hisobda yutishini kutmagandi.

- Darvoqe, “Lokomotiv”ning ham mag'lubiyatga uchragani sizni ham xayron qoldirdimi?

- “Lokomotiv” haqida hech nima ayta olmayman. CHunki uning o'yinini ko'rganim yo'q. Baribir uch oydan beri rasmiy o'yinda ishtirok etmaganimiz o'z tasirini ko'rsatdi. CHempionatda qatnashmaganimiz baribir farq qiladi. To'g'ri, bu bahona bo'la olmaydi, lekin Quvatda ham, Qatarda ham mavsum rosa avjiga chiqqan payti. Qolaversa, ular kuchli legionerlarni jalb qilib tarkiblarini kuchaytirishyapti.  

FIRDAVSXON.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика