So’nggi yangiliklar

12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  0 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  14 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  12 08:47Расман: "Барселона" юлдузларидан бири жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  4 08:20Саудия қироли кубоги. "Олтин тўп" соҳиблари майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" ва "Ал Иттиҳод" кейинг босқичга чиқди  1 07:48Ҳусанов жароҳат сабабли "Манчестер Сити"нинг нечта учрашувида майдонга тушмаслиги маълум  14 02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  2 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  20 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  8 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  6

Ro'ziqul Berdiev: "Penalti o'yin taqdirini o'zgartirib yubordi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Penalti o'yin taqdirini o'zgartirib yubordi"

Superliganing 1-turidan o'rin egallagan "Nasaf" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi bahsdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




- O'yin haqida

- Futbolda birinchi o'rinda natija turadi. Yigitlarimiz o'zlariga ishongan holda harakatlanishdi, lekin penalti o'yin taqdirini o'zgartirib yubordi. Albatta, bunda futbolchilarimizni ayblamaymiz, butun jamoa bo'lib yutqazdik. Qaerdadir xatolarga, qaerdadir etiborsizlikka qo'l urdik. Mag'lubiyatga munosib emasdik, yangi va yosh tarkib bilan amaldagi chempionga qarshi munosib qarshilik ko'rsatishga harakat qildik. Alamli tomoni, 2:0 oldinda bora turib, yutqazish bo'ldi, bu juda alamli. Mag'lubiyatga bir nechta sabablar bor, buni o'rganib chiqamiz va xulosa chiqaramiz.

- CHempionlik uchun qaysi jamoalar kurashadi deb o'ylaysiz? "Paxtakor" bilan ketma-ket 2 o'yinda qatnashdingiz, aynan "sherlar"ni favorit deya olamizmi?

- O'tgan yili "Paxtakor" hammadan ustun" der edik. Bu yil ushbu gapni ishonch bilan aytolmayman. Bundan tashqari, boshqa jamoalarning maqsadi juda katta. Oldindan qaysidir jamoani chempion sifatida ko'rsatib bo'lmaydi, buni mavsum davomida bilib olamiz.

- Transfer oynasi 12 martga qadar ochiq. Hujum chizig'i bo'yicha sizda tanlov yo'q. Umuman, tarkibga yangi futbolchilar jalb qilinadimi?

- Men jamoa o'zagini saqlab qolishni juda ham xohlagan edim. Agar 3 nafar o'yinchimiz ketmaganida, bizga hech qanday o'yinchi kerak bo'lmagan bo'lardi. Buni rahbariyatdan so'ragan edim, ammo afsuski, bu amalga oshmadi. Menimcha, 2 kunni ichida o'zgarish qilishimiz amrimahol. SHu bois birinchi davrani mavjud tarkib bilan tugatsak kerak.

- Faysal Traoreni o'tgan mavsum ham tarkibda saqlab qolmagandingiz, bu yil ham shunday bo'ldi. Bu saviya bilan bog'liqmi?

- Faysal Superliga darajasida o'ynamagan. SHuning uchun biz uni Proliga jamoasiga ijaraga berdik. Agar o'zini yaxshi tarafdan ko'rsatsa, keyingi mavsum jamoaga qaytaramiz.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика