Ro'ziqul Berdiev: "O'tgan o'yinlarni unutib, o'z holatimizga qaytishimiz lozim"
07 avg 2022 23:14
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "O'tgan o'yinlarni unutib, o'z holatimizga qaytishimiz lozim"
O'yin haqida
- "Dinamo" jamoasi o'yinni yaxshi boshladi. Bu narsa uzoqdan yo'llangan zarbalar, qolaversa, burchak to'plarida o'z aksini topdi. Biroq 10-15 daqiqadan so'ng o'yinni o'z nazoratimizga oldik. Birinchi golni kiritgan vaziyatda yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Qarshi hujumda o'ylangan kombinaciya ish berdi. O'ylashimcha, dastlabki goldan so'ng o'yinning to'liq nazorati biz tarafga o'tdi. Bugun shogirdlarim himoyada ham, hujumda yaxshi o'yin namoyish etishdi.
- Jamoaning "Navbahor"ga qarshi o'yindan so'ng boshqacha o'yin namoyish etishi sizning olib borgan ishlaringiz mahsulimi?
- Biz imkon qadar o'sha holatdan chiqishga harakat qildik. O'sha o'yindagi natija tasirini o'tkazmasdan qolmadi. Lekin oldimizda o'yinlar ko'p, etarlicha vaqt bor. SHu bois, o'tgan o'yinlarni esdan chiqarib, o'z holatimizga qaytishimiz lozim. O'ylashimcha, bugungi g'alaba shogirdlarimga asqotadi", dedi qarshiliklar ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar